T. Xudayshukurov Biznes – etiket


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
inson jamiyat mahsuli; urf–odat, rasm–rusum, xizmat etiketi; biznes-etiket. 
Nazorat savollari: 
1. Odam boshqalardan ajralgan holda yashay oladimi yoki yo’qmi? 
2. Odamlarning jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda 
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosida qanday qoidalar 
yotadi? 
3. Biznes–etiketining xizmat etiketidan farqi nimada? 
4. Biznesmenlar uchun biznes–etiket qoidalarini bilishning qanday 
ahamiyati bor? 


14 
3. Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari 
3.1. Biznesmenlar imiji
 
Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan, 
muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar 
hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo’ladi. Shu sababli ham 
biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va 
halq oldida o’z mavqyeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim. 
Halqaro tajribada biznesmenlar to’g’risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga 
ularning imiji deyiladi. 
Imij tushunchasi lotincha “imago” so’zidan olingan bo’lib, tom 
ma’noda timsol va o’xshash degan ma’noni beradi. Keng ma’noda esa 
qandaydir shaxs, firma, tovar mahsuloti to’g’risida jamoat ongida 
shakllangan tasavvur, qiyofa yoki timsol tushuniladi. 
Tasavvur, qiyofa, timsol yoki siymo (bundan keyin taassurot yoki 
tasavvur deyiladi) umumiy ibora bo’lib, biznesmenlarning tashqi qiyofasi, 
kiyimi va kiyinishi, tozaligi, yurish–turishi, hatti–harakati, muloqot qilish 
va har xil vaziyatlarda etiket qoidalari bo’yicha o’zini tuta olish kabi 
tushunchalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biznesmenlar
umuman odamlar, to’g’risidagi umumiy tasavvur ularning hamkorlar va 
boshqa suhbatdoshlar bilan muloqotga tushish, tashqi qiyofasini
kiyinishini, maxsus tadbirlarda, jamoat joylarida, ko’chada va uyda 
yurish–turishlarini 
hamda 
hatti–harakatlarini 
kuzatish 
natijasida 
shakllanadi. Biznesmen to’g’risidagi shakllangan umumiy tasavvurning 
to’planib va jamoat ongida o’rnab qolishida ommaviy axborot vositalari, 
tanish–bilishlari hamda biznesmen faoliyati va korxonasi to’g’risidagi 
reklama katta ahamiyatga ega. 
Ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi qiyofasi va 
kiyinish tarzi katta rol uynaydi. Shu sababli ham biznesmenning tashqi 
qiyofasini shakllantirish, yuz–ko’z tuzilishiga qarab kiyimlari rangini
bichilishini va tikilishini tanlash hamda uni kiyish masalalari bo’yicha 
maxsus mutaxassislar shug’ullanadi. Ular imijmeykerlar deb ataladi. 
Imijmeykerlar deganda davlat arboblari, siyosatchilar, artistlar
biznesmenlar kabi kishilarning reklamasi bilan shug’ullanadigan, obro’sini 
oshirish, shuhratini mustahkamlash uchun samarali imij strategiyasini, 
taktika va texnologiyasini ishlab chiqaradigan mutaxassis kishilar 
tushuniladi. 


15 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling