T. Xudayshukurov Biznes – etiket


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
fan predmeti; fan maqsadi; fan vazifasi.
 
Nazorat savollari:
 
1. Biznes–etiket fanining predmetini qaysi masalalar tashkil qiladi? 
2. Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi nimadan iborat? 
3. O’quv fanining vazifasi nimadan kelib chiqadi va nimalardan iborat? 



1.3. Biznes–etiket fanining o’quv rejalarining boshqa fanlari bilan 
bog’liqligi
 
Yuqorida ko’rsatilgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 
bo’lajak mutaxassislarning ijtimoiy va siyosiy dunyo qarashlarini, 
ma’naviy qiyofasini hamda ta’lim yo’nalishi bo’yicha muvaffaqiyatli 
faoliyat ko’rsatish uchun nazariy bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni 
shakllantirish maqsadida bir–birlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 40 ga 
yaqin fanlar o’qitiladi. Ushbu fanlar ichida “Biznes–etiket” fanining ham 
o’ziga yarasha o’rni bo’lib, u fanning asosiy maqsadi va vazifalarida o’z 
aksini topgan. 
Tabiatda birorta narsa o’z–o’zidan sodir bo’lmaydi. Sodir bo’ladigan 
hodisalar bir–birlariga bog’liq bo’ladi. Fanlar ham o’zidan va boshqa 
fandan ajralib chiqishi yoki bir necha fanlarning tutashgan joylarida paydo 
bo’lishi mumkin. Shu sababdan ham biznes–etiket fanining o’quv 
rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi yo’q deb aytish katta xato bo’ladi. 
“Biznes–etiket” 
dinshunoslik, 
ruhshunoslik, 
jamiyatshunoslik, 
madaniyatshunoslik, falsafa fanlari bilan chambarchas bog’liq. 
Biznes–etiket fanining shakllanishida va rivojlanishida dinning 
ahamiyati juda ham katta bo’lgan. Uning ba’zi bir masalalari hozirgi 
zamon biznes qoidalariga aylangan. Masalan, Islom dinida va uning 
muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni Karimda biznesmenlar uchun ahloqiy 
qoidalar alohida ta’kidlab o’tilgan va ularga doimo amal qilishga 
undalgan. Biznesmenlarga tegishli asosiy qoidalardan eng muhimi 
tarozidan urmaslik, topgan foydaning bir qismini kambag’al kishilarga 
berish va boshqalar hisoblanadi. Bugungi kunda bu qoidalar biznesmenlar 
faoliyatining asaosini tashkil qiladi. Boshqa dinlar ham biznes 
qoidalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. 
Madaniyatshunoslik va biznes–etiket fanlarining o’rtasida ham uzviy 
bog’liqlik mavjud, chunki biznes-etiket fani predmetining poydevorini 
jamiyatda qabul qilingan etik qoidalari tashkil qiladi. 
Ruhshunoslik va biznes–etiket fanlari o’rtasida ham ma’lum bir 
bog’liqlar bor. Ruhshunoslik fanining “Mehnat psixologiyasi” bo’limida 
mehnat turiga xos xossalarning kasb egalariga ruhiy ta’siri o’rganiladi. 
Biznes–etiket fanida esa ular salbiy ta’sirining oldini olish uchun ma’lum 
bir axloq va odob qoidalariga biznesmenlarning rioya qilish masalalari 
ko’rib chiqiladi. 
Biznes–etiket fani falsafa fani bilan ham chambarchas bog’liq. 
Ikkala fan ham bir masala, ya’ni ahloq va odob masalalari bilan 


10 
shug’ullanadi. Agar falsafa fanida ahloq va odobning kelib chiqish tarixi 
va uning rivojlanish qonuniyatlari o’rganilsa, biznes–etiket fanida esa 
biznes faoliyatiga bog’liq uning amaliy tomonlari o’rganiladi. Shunday 
qilib, falsafa fani ahloq va odobning mohiyati va nazariy masalalar bilan 
shug’ullanadi, biznes–etiket fani esa biznes sohasida jamiyatda qabul 
qilingan ahloq, odob qoida va me’yorlarini o’rganadi. 
Biznes–etiket fanining uzviy aloqasi ko’rsatib o’tilgan fanlar bilan 
chegaralanib qolmaydi, uning ta’lim yo’nalishlaridagi turizm, turistlarga 
xizmat ko’rsatish kabi mutaxassislik fanlari bilan ham bevosita bog’liqlik 
joylari bor. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling