T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tayanch iboralar:
urf–odat, rasm–rusum; qo’l berib salomlashish; niyat; xizmat etiketi; uchrashuv va xayrlashish; bir jinsli, teng yoshli va lavozimli; ayol va erkak; yoshi kichik va katta; to’planib turgan; oldinroq va keyinroq; oldin o’tish; ayol va rahbarning birinchi bo’lib salomlashishi; majlis va salomlashish; mansabdor kishilar; tanishtirish; erkak va ayol; har xil 56 yoshdagi bir jinsli odamlar; xodim va rahbar; mansabdor kishilar; ikki ayol; bir xil yosh va mansab; xonaga kirgan kishi. Nazorat savollari: 1. Salomlashish urf–odatlarini bilasizmi? 2. Salomlashish odamlarning bir–birlariga bo’lgan munosabati va kayfiyatiga bog’liq bo’ladimi? 3. Qo’l berib salomashish qoidalarini va usullarini aytib bering? 4. Odamlar salomlashishda bir–birlariga qanday tilaklar tilashi mumkin? 5. Qaysi vaziyatlarda xizmat korxonalarida odamlar qo’l berib salomlashishadi? 6. Bir jinsli, teng yoshli va lavozimli biznesmenlar bir–birlari bilan uchrashganda kim birinchi bo’lib salom berishi kerak? 7. Ayol bilan erkak kishi uchrashganda kim birinchi bo’lib salom berishi va ko’rishishi uchun qo’lini uzatishi mumkin? 8. Yoshi kichik kishi yoshi katta kishi bilan korxonada uchrashganda birinchi bo’lib kim salomlashishi va ko’rishish uchun kim qo’lini uzatishi kerak, katta va kichik lavozimdagi odimlar uchrashgandachi? 9. To’planib turgan kishilar yonidan o’tayotgan kishilarning salomlashishlarida qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak? 10. Ishga ertaroq va keyinroq kelgan kishilardan bir–birlariga kim birinchi bo’lib salom beradi va ko’rishish uchun qo’lni kim uzatishi kerak? 11. Xizmat korxonalarida rahbar xodimlar va ayol kishilar birinchi bo’lib salomlashish huquqiga egami, yo’qmi? 12. Xizmat yuzasidan o’tkaziladigan majlislarda ularni olib boradigan kishilar majlis ishtirokchilariga qaysi tarzda salom berishi mumkin? 13. Korxona rahbari xonasida delegasiyalar rahbarlari uchrashganda kim birinchi bo’lib salom beradi? 14. Ayol kishilarni erkaklar bilan tanishtirishda ayol kishi etiket qoidalariga ko’ra o’zini qanday tutishi kerak? 15. Bir jinsli va har xil yoshdagi odamlar bir-birlari, korxona rahbari o’zining xodimi bilan tanishtirishda birinchi kimni tanishtirishadi? 16. Ikki mansabdor yoki ikkita ayol kishi uchrashganda kim birinchi bo’lib tanishishni boshlashi kerak? 17. Ikki delagasiya boshlig’i bir–birlari bilan uchrashganda o’zini kim birinchi bo’lib tanishtiradi: oldin kelganmi yoki keyin kelganmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling