Tabbiy fanlar fakulteti


Botanika darsligi uchun qo’llaniladigan pedagogik metodlar


Download 129.13 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi129.13 Kb.
#1365782
1   2   3   4   5
Bog'liq
aaaa kurs ishi (восстановлен)

1.2 Botanika darsligi uchun qo’llaniladigan pedagogik metodlar.
Botanika darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: didaktik o'yin texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o'qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va an’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi. Botanikani o'rganishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o'quvchilarning o'tgan mavzu yuzasidan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, ulami tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalami nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o'rganish jarayonida lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biologiyani o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Insert», «Klaster», Venn diagrammasi, «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag'i», tezkor o'yinlar va o'yin mashqlaming turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalami o'qitishda «Keys»dan foydalanish yuqori samara beradi.
Keys — case studies ingliz tilidan olingan bo'lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi. Keys” va “keys-stadi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib, shunga ko’ra quyida ularning asosiy xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish maqsadida ko’p variantli ta’riflari berildi.
Keys o’zida quyidagilarni jam qiladi:

1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to’plami;

2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar yig’indisi;

3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.



Keys-stadi esa quyidagicha izoh qilinadi:

1) ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim metodidir.



2) ta’lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o’rgatishda qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o’quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir. Dastlab bu texnologiyadan biznesmen va tadbirkorlami o'qitishda foydalanilgan bo'lib, hozirgi paytda o'qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlaming tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ulami hal etish uchun o'quv munozaralari tashkil etiladi. Biologiyani o'qitishda dastur mazmunidagi evolutsion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek, munozarali «o'simliklarning paydo bo'lishi va rivojlanishi», «hayvonot olamining paydo bo'lishi va rivojlanishi» kabi mavzulami o'qitishda foydalanish mumkin.
Klaster
Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi
Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. Quyida botanika fani bo’yicha o’simliklar olami klassifikatsiyasini jadvalga tushirish orqali o’quvchilarda bilish faoliyatini yaxshilashga qaratiladi:

O’simliklar dunyosi
(fauna)








Tuban o’simliklar dunyosi

Yuksak o’simliklar dunyosi






Yopiq urug’lilar bo’limi

Ochiq urug’lilar bo’limi


Qirqbo’-g’inlar bo’limi


Qirqquloq-lar bo’limi


Yo’sinlar bo’limi



Suv o’tlar bo’limi









Dala qirqqulog’I suv qirq qulog’i

Archasimonlar

Qarag’aydoshlar

Magnoliyasimonlar

lolasimonlar

yo’sinilar

Bir hujayralilar

Ko’p hujayralilar








Loladoshlar, Piyozdoshlar, Bug’doydoshlar

Funnariya yosini

Ulotriks spiragira kladafora xara. Nemalyon ulfa…

Xlorella xlomidamanada


Ranodoshlar. Karamdoshlar. Sho’radoshlar. Gulxayridoshlar. Burchoqdoshlar, Ituzumdoshlar, Murakkabguldoshlar, Qovoqdoshlar, Tokdoshlar fora xara




Download 129.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling