Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi


Download 356.5 Kb.
bet5/11
Sana29.12.2022
Hajmi356.5 Kb.
#1072431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2022 TBT amaliy

Mavzu yuzasidan savollar:
1 Mudirning yillik ish rejasi qanday ?
2 Mudiraning oylik ish rejasi qanday?
3 Barcha guruh bolalariga tabiatshunoslik mashg’ulotlari qanday rejalashtiriladi?

AMALIY MASHG’ULOT 5.
MAVZU:Inovatsion texnologiyalar asosida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarni ijodiy tashkil etish.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish bо‘yicha davlat talablari.
Kerakli jihozlar: tarqatma materiallar, o’quv qo’llamalar, daftar, slayd va jadvallar. Nazariy qism:MTM mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanish , interfaol metodlarni qo’llashda foydalaniladigan vositalar .
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etish lozim.Bolaga yo’naltirilgan ta’limning mazmuni innovatsion texnologiyalar orqali “Ilk qadam” tayanch dasturlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan. Bu zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘proq muloqot va mashqlarga asoslangan o‘yin-mashg‘ulotga aylantirib, tarbiyachilarni yangicha usullardan foydalangan holda ishlashga undaydi.
MTM mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishdan maqsad: – bolalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish;
– muammoli vaziyatlarni yecha olish
- ko’nikmasini rivojlantirish;
– bolalarni faollashtirish;
– ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish.
Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar:
– ko‘rgazmali qurollar;
texnika vositalari;
– tarqatma materiallar;
– multimedialar.
MTMlarda mashg’ulotlar davomida eng keng qo’llaniladigan usullardan biri mantiqiy fikrlashga undovchi o‘yinlardir.
Mashg’ulotlarda bunday o’yinlardan foydalanish:

  1. Guruhga 2 ta qutichada sovg‘a olib kelinadi. Birida mevali va manzarali daraxtlar rasmi. Ikkinchisida esa shu daraxtlar bargi. Bolalar har bir daraxtga tegishli barglarini topishlari kerak.

  2. Guruhga kasbga oid rasm va predmetlar solingan 2 ta xatjild beriladi. Bolalar qaysi kasb egasiga qanday ish quroli zarurligini aniqlashlari hamda kasblarning hayotdagi o‘rni haqida so‘zlab berishlari lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda qo’llanilayotgan interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi. Tarbiyachilarning kasbiy mahorati oshadi, bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o’z o’rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun talabi tez o’zgaruvchan, murakkab va o’zaro bir-biriga bog’liq dunyoda o’z o’rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish dasturining mazmuni.
O’zbekiston Respublikasining Maorif vazirligi tomonidan, bolalar bog’chalarining tabiati bilan tanishtirish dasturi, Respublikamizning o’ziga xos etnik xususiyatlari geografik jihatdan iqlimi, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Dasturda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta’lim-tarbiya haqida nazariy vazifalar berilgan. Unda maktabgacha yoshdagi bolalarni har yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlari hisobga olingan. Dastur ilk yoshdagi ikkinchi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo’ljallangan bilim va ko’nikmalar hajmini o’z ichiga oladi.
Bizga ma’lumki maktabgacha tarbiya muassasalarida turli yoshdagi bolalar tarbiyalanadilar. Maktabgacha bo’lgan davrda bolalarga har bir guruxda jonli va jonsiz tabiat haqida bilim beriladi. Bu beriladigan bilim, kunikma, malakalar guruxdan guruhga o’tgan sayin chuqurlashtirilib, kengaytirilib, murakkablashib boriladi. Dasturda tabiatshunoslik materiallari barcha guruh uchun yil fasllariga qarab taqsimlangan. Har bir mavsumda jonli vajonsiz tabiatdagi hamda kishilar faoliyatidagi eng aniq xarakterli hodisalar ko’rsatib o’tilgan. Materialarning bunday joylashishi tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatish, uni taxlil qilish imkonini beradi.
Tabiat bilan tanishtirsh dasturi respublikaning o’ziga xos tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalarida qo’llaniladigan "Bolalar bog’chasida ta’lim tarbiya dasturi" davlat hujjati sanaladi. Har bir bog’cha mudirasi, uslubiyotchisi, tarbiyachisi shu hujjat materiallarini to’liq amalga oshirishlari shart. Dasturning tabiat bilan tanishtirish bo’limi. Hamma bo’limlar bilan uzviy bo’lingan . Tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni xosil qilish so’z yordamisiz bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun ham ona tilini chuqur o’rganish undan foydalana olish tabiatni kuzatish vao’rganish bilan chambarchas bog’liq.
Bola tabiatini kuzatish davomida olgan bilimlarini o’zlari tasviriy faoliyatlarida aks ettradilar. Tabiatni kuzatish orqali sanashni, miqdor, o’zgarishlarini o’rganib boradilar (daraxtbaland, butapast, daraxttanasi 1ta ,buta tanasi ko’p). Jismoniy mehnat bolalarni jismonan baquvvat, sog’lom o’sishlari uchun yordam beradi. Bundan tashqari tabiatga oid bo’lgan harakatli o’yinlar ham bolani jismonan barkamol bo’lishiga yordam beradi. Dasturga material tanlash tabiat bilan tanishtirishdagi barcha printsiplarga rioya qilingan holda amalga oshirilgan.
Yuqorida bayon etilganidek, bolalar bog’chasida turli yoshdagi bolalar tarbiya topadilar. Bolalarning o’zlashtirish qobiliyatini hisobga olingan holda dastur quyidapgcha tuzilgan, ya’ni, bolalar bog’ch amuassasalarida bo’lgan davrlarida bitta mavzu bilan bir necha marta tanishadilar. Lekin har safar chuqurroq, kengaytirilganholda tanishadilar.
Masalan: Kichik guruxda suv haqida tushuncha berilganda suvbilan yuviniladi, suvni ichadilar, suvsovuq, iliq bo’ladi, suv oqadi kabi o’rgatiladi. O’rta guruxda suv tiniq, ayrim predmetlar suvda cho’kadi, issiq kunda suv tez, sovuq kunda sekin quriydi, katta tayyorlov guruxlarida suvning tabiatda aylanib yurishi, o’simlik, inson hayotida uning o’rni, suvdan elektr energiyasi olishda foydalanish mumkin kabi tushunchalar oddiydan-murakkabga qoidasi asosida tushuntirilib boriladi. Demak, har bir guruxda tabiatga oid bilimlar har yili murakkablashib boradi.Dastur faslchilik printsinlari asosida tuzilgan. Materiallarning bunday joylashtirilishi tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi. Dasturda o’rta guruhdan boshlab har bir faslda bolalarga jonli va jonsiz tabiatidagi, o’simliklar hayotidagi, hayvonot olamidagi o’zgarishlar va ular haqida bolalar olishlari lozim bo’lgan bilimlar berilishi hisobga olingan.
Biror bir faslda o’simliklar hayotidagi o’zgarishlar, ob-havoning o’zgarishini kuzatish, hayvonot olamidagi o’zgarishlarni, kishilarning shu mavsumdagi mehnatlari bolalarga yaqqol ko’rinadi. Shu fasldagi barcha tabiat haqidagi, unda sodir bo’ladigan o’zgarishlar haqida to’liq, tasavvurlar shakllanadi. Bundan tashqari dasturda tabiat haqidagi tasavvurlrni shakllantirish kvartallarga bo’lib berilgan.Bolalarga beriladigan bilimlarni kvartallarga bo’lib joylashtirishda ham yuqorida ko’rib o’tilgan printsiplarga rioya qilinadi.
Har bir guruxda yil oxirida bolalar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar ko’rsatiladi. Dastur materiallarini joylashtirishda ketma-ketlik, tizimlilikka amal qilingan “Ilk qadam” davlat dasturining maktabga tayyorlov guruhida bolalarni tabiat bilan tanishtirish bo’limini amaliy tahlil etish natijasida talabalarni bilishi vauddalashi lozim bo’lgan bilimlar majmuasi bilan tanishtirish.

Download 356.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling