Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Mavzu: O`lkamiz tabiati (o`simlik va hayvonot olami) va yil fasllari to`g`risida tushuncha berish texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet25/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Mavzu: O`lkamiz tabiati (o`simlik va hayvonot olami) va yil fasllari to`g`risida tushuncha berish texnologiyalari


Reja:


1.Kuz faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
2.Qish faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
3.Bahor faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
4.Yoz faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
Tayanch iboralari: kuz, sarg’aygan barg, poliz ekinlari, pishiqchilik, atrof-muhit, tabiatshunoslik, qishloq xo’jalik, sovuq qaxraton, qor, ko’kalamzor, kurtak, jazirama issiq, tabiat bilan tarbiya uyg‘unligi.
Kuz faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
Ob-havodagi o‘zgarishlar. Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning natijasida o‘simlik va hayvonot dunyosi hayotida o‘zgarish hamda susayish ro‘y beradi (o‘simlik barglari sarg‘ayadi, to‘kiladi, ba’zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).
Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O‘zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq bo‘ladi. Sentabr oyida havo issiq bo‘lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko‘tariladi.
Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda o‘lkamiz quyoshli, issiq va quruq bo‘ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba’zi hollarda esa +27 darajagacha ko‘tariladi.
Ana shunday juda issiq vaqtlarda o‘simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi.
Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorla- nishini ko‘rish mumkin: g‘urraklar g‘urullay boshlaydi, to‘rg‘aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba’zi bir hasha- rotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo‘lib, kunduz kunlari esa +16+20 dara- jagacha ko‘tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o‘lkamizda taxminan 12— 18-oktabrlarda boshlanadi.
Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo‘lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo‘ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba’zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo‘lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz bo‘lsa, yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko‘proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to‘lqinlari o‘zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va bir-ikki kun davom etadi. Agar havo to‘lqinining harorati nol darajadan past bo‘lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproq va o‘simliklarning ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi.
Ba’zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg‘irlar ham yog‘ib o‘tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat-e’tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi.
Noyabr qishga o‘tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o‘lkamizda ob-havo qulay bo‘lmaydi: goh yomg‘ir, goh qor yog‘adi, kun goho iliq, goho sovuq bo‘lib turadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling