Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari
MAVZUSIDAGI MAShG‘ULOT IShLANMASI
Download 1.52 Mb.
|
TABIAT UMK 2-kurs
MAVZUSIDAGI MAShG‘ULOT IShLANMASI
Mashg‘ulot maqsadi: Bolalarning tabiatga oid bilimlarini aniqlab, yil fasllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Ona tabiatga mehr – muhabbat hissini shakllantirish. Mashg‘ulot jihozlari: Yil fasllari tasvirlangan rasmlar, applikatsiya. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: Aziz bolojonlar, guruhimizga yil bobo mehmonga kelibdi. Yil bobo: Assalomu alaykum, qaroqlarim,dilbandlarim, meni taniysizlarmi? Mening bir yilda to‘rtta otim bor, ularni kim aytib beradi? Bolalar: Qish, bahor, yoz va kuz. Yil bobo: Bir yilda 4 ta fasl bor, 12 oy bor, ular doim birin – ketin keladilar: Qish bo‘lmay turib, bahor kelmaydi, bahor bo‘lmay yoz kelmaydi, yoz bo‘lmay turib kuz kelmaydi, kuzsiz esa qish kelmaydi. Men hozir o‘z fasllarimni sizlarning uylaringizga taklif etaman. (Hassasini yerga qattiq uradi). Ketma – ket fasllar kirib keladilar. Ko‘m – ko‘k archa ko‘targan qish fasli kirib keladi va topishmoq aytadi. Qish: Yerni qor qoplar, Soyni muz yopar. Ayoz – behazil, Bu qaysi fasl? Habibullo: Qor yoqqan chog‘i misli kapalak, Yangi yilingiz bo‘lsin muborak. Pushti libosda gulchambarlar taqib, Bahoroy kirib keladi. Bahor: Qor erib, shoshar, Ariqlar toshar, Gullar ko‘p asal, Bu qaysi fasl? Anora: Atrofda bahor, erib ketdi qor. Turnalar keldi, gullar ochildi. Yashil rangli libosda mevalar solingan savat ko‘tarib, Yoz kirib keladi: Yoz: Qizdirar quyosh, cho‘g‘dek yonar tosh. Dalada hosil, bu qaysi fasl? Shoxrux: Keldi oltin yoz, mevalar pishdi Daraxtlar shoxi egilib tushdi. Oldik ko‘p hosil: o‘rik, olma, nok. Shakardan asal uzum qildi tok. To‘q sariq libosda boshida qizil, sariq barglardan gulchambar taqib, savatda sabzavot – mevalar ko‘tarib, Kuz keladi: Kuz: Bo‘m – bo‘sh dala, qir, Yog‘adi yomg‘ir, Tinmay muttasil, Bu qaysi fasl? Mubina: Qushlar uchdilar, Barglar tushdilar, Sariq dala, qir, Hamma yoqda kuz. Yil bobo tayog‘ini yerga uradi, 3 ta qush uchib chiqadi. Tarbiyachi: Bular oddiy qushlar emas, balki sehrli qushlar – Qish faslidagi oylar uchib kelishdi. Ularning nomlarini kim biladi. Abdulaziz: Dekabr, yanvar, fevral. Shu tariqa yil bobo yana 3 marta tayog‘ini yerga uradi. 3 marta 3 tadan qush uchib keldilar. 1.Bahor oylari – mart, aprel, may. 2.Yoz oylari – iyun, iyul, avgust. 3.Kuz oylari – sentyabr, oktyabr, noyabr. 12 oy kirib keladi va Abdulla Sher qalamiga mansub “Oylar” she’rlarini o‘qiydilar.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling