Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari
Download 1.52 Mb.
|
TABIAT UMK 2-kurs
Oylar uchtadan bo‘lib, o‘z fasllari yoniga borib turadilar. Tarbiyachi: Bolalar, hozir men sizlarga vaqt o‘lchovlari haqida topishmoqlar aytaman. Bir katta daraxt (bir yil). Unda bor 4 ta shox (4 ta fasl). Har shoxda 3 tadan butoq (3 oy). Har butoqda 4 tadan novda (1 oyda 4 hofta). Har novdada 7 tadan barg (hafta kunlari). Bargning bir tomoni oq, bir tomoni qora (tun va kun). Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalar bilan “Jonli haftalar” o‘yinini o‘ynaydi. Har hafta kunlari bir rangda belgilangan. 7 ta qatnashchining boshlaridagi chambaraklariga tur xil rangdagi doiralar yopishtirilgan. Dushanba – ko‘k, Seshanba – sariq, Chorshanba – yashil, Payshanba – jigar, Juma – pushti, Shanba – oq, Yakshanba – qizil. Bolalar bir qator bo‘lib turadilar. O‘rinlar almashadilar, biri bekinadi, o‘troqlari qaysi hafta kuni o‘rni almashganini topadilar. Yil bobo: Rahmat sizga, farzandlar, tilida asal – qandlar. Sizlarga olib kelgan sovg‘alarni ulashamiz. (Musiqa yangraydi va mashg‘ulot tugaydi) Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling