Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet10/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Reja:
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning mohiyati.
2.Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni.


Tayanch iboralar: “Ilk qadam” o`quv dasturi, qadriyat, moslashuv, mashg’ulotni rejalashtirish.
MTTda va oilada bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning mohiyati va vazifalari.
Dastur bolalarga ta’lim-tarbiya berish vazifalarini, mazmunini shakllantirish uslublarini va pedagogika fani ta- raqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Dastur maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida quyidagi dastur talablariga asoslanib tuzilgan bo‘lib, unda bolaning rivojlanishi, ruhiyati, ta’lim-tarbiyasidagi davrlari, davrlariga monand o‘zgarishlar, muommolar haqida hikoya qiladi. Ushbu dastur nafaqat tarbiyachi uchun, balki oila va ota- onalar uchun ham eng yaqin maslahatchi bo‘lib hisoblanadi.
Dastur mazmun mohiyati bilan bolalar psixologik kamol topish tamoyillaridan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisalar, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:

  • Maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;

  • Bolalar shaxsiga yo‘naltirilganligi;

  • Bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;

  • Maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;

  • Maktabgacha ta’limning insonparvarligi;

  • Maktabgacha ta’lim ijtimoiy ta’lim bilan mosligi;

  • Maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim bilan uzviyligi.

Bu me’yoriy hujjatlar — «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni», «Maktabgacha ta`lim-tarbiya qonuni»ning hamda «Ilk qadam» o`quv dasturini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. Hujjatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy, ijtimoiy, hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarligi hamda bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlariga ega bo‘lishlariga, anglashlariga va maktabga tayyorlashlari uchun asosiy qo‘llanma hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Taʻlim muassasalari Maktabgacha taʻlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Taʻlim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Taʻlim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Hozirgi vaqtda bizni o‘rab turgan tabiat insonning turli-tuman munosabatlaridan kelib chiqadi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tabiat haqidagi bilimlarini yo‘qligi inson va tabiat munosabatlariga e’tiborsizlik oqibatida davlatimiz moddiy zarar ko‘rgan. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning eng asosiy vazifalaridan biri tabiatni sevish, e’zozlash va avaylab asrashdan iborat.
MTM taʻlim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;

  • taʻlim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

  • bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

  • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • o‘yin orqali taʻlim berish va rivojlantirish;

  • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

  • bola uchun xavfsiz muhitni taʻminlash;

  • MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

  • milliy madaniy anʻanalar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

Bolaning maktabgacha taʻlim muassasasidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha taʻlim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling