Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar


Download 1.52 Mb.
bet33/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Mart oyida qushlar uchib kela boshlaydi. Qushlarda ko‘payish davri bosh- lanishi sababli ularda uyalariga qaytib kelish zarurati tug‘iladi. Agar qushlarda ko‘payish ikkinchi yilda bo‘lmay, uchinchi yilda sodir bo‘lsa (masalan: kakkuga o‘xshash) u vaqtda ular ikkinchi yili ham o‘sha yerda qishlab qoladilar.
Qushlar, odatda oziq-ovqat paydo bo‘lishi bilan, hasha- rotxo‘r qushlar esa keyinroq uchib keladilar. Ularning uchib kelishi hasharotlarning ko‘payishi davriga to‘g‘ri keladi. Suvda suzuvchi qushlar suv havzalarida hayot qaynaganda uchib keladilar. Mart oyida biz bolalar bilan birgalikda tumalar, g‘ozlar va o‘rdaklarning to‘da-to‘da bo‘lib uchib kelayot- ganligini kuzatamiz.
Fevralning oxiri, martning boshlarida jiblajibonlar uchib keladilar. Ular bahorning darakchilaridan hisoblanadilar.
Qaldirg‘ochlar, jarqaldirg‘ochlar, popishak, chug‘ur- chuqlar uchib kelib, bo‘g‘otlarga, daraxt kavaklariga uya quradilar.
Chug‘urchuqlar qurilgan tayyor uyalarga zo‘r ishtiyoq bilan joylashadilar. Shuning uchun bog‘cha hovlisida bolalar bilan birgalikda erta bahorda daraxtlarga donxo‘rak va inlar osib qo‘yish kerak.
Qushlar qo‘sha-qo‘sha bo‘lib urchiy boshlaydilar. Ba’zi bir qushlar butun bir umrga juftlashadilar. Agar ular qishda ba’zan ajralishsa, bahorda yana o‘sha eski inlarida uchrashadilar. Qarg‘alar esa o‘z juftlaridan hatto qish faslida ham ajralmaydilar. Zag‘chalar o‘z juftlari bilan har yili o‘zlarining eski inlariga joylashadilar. Qushlar eski inlariga qaytib kelganlaridan keyin, uni «tuzatadilar». Ular tumshuqlarida pat va xashaklarni tishlab inlariga olib keladilar. Ba’zan ular daraxt shoxlarida shovqin-suron qilib shox talashadilar. Bu vaqtda qushlarning sayrashlari, hushtaklari va qiyqirishlari, ajoyib parvozlari kishini o‘ziga jalb qiladi.
In qurish vaqtida ota qushlar patlarining to‘kilishi juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ona qushlarniki u qadar yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Bolalar bilan ekskursiyaga chiqqanda ularning e’tiborini bu narsaga qaratish zarur.
Mart oyida g‘urraklarning g‘urullashi yanada ko‘proq eshitila boshlaydi. Chittaklarning ovozi yana ham o‘tkirroq, sa’valarning ovozi esa ahyon-ahyondagina eshitiladi.
Zag‘cha, qarg‘a singari ko‘chib yuruvchi qushlar esa asta- sekin uchib keta boshlaydilar.
Mart oyida ko‘pgina hasharotlar (yaltiroq qurt (9-rasm), qarsildoq qo‘ng‘iz va boshqalar) paydo bo‘ladi. Ular o‘sim- liklarning asosiy ildizlarini kemirib, ularga katta zarar yetka- zadilar. Buning natijasida ko‘pgina o‘simliklar nobud bo‘ladi. Ayniqsa bu kabi hasharotlar tut daraxtlarining ildizlariga zarar yetkazadilar.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling