Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet34/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

9- rasm. Yaltiroq qurt.



Mart oyining boshlarida, ba’zan esa fevral oyining oxirlarida iliq kunlar boshlanishi bilanoq arilar o‘z uyalaridan uchib chiqadilar.
Asalarilar katta-katta oila bo‘lib yashaydilar. Har bir oilada bitta ona urug‘i bo‘lib, u besh yilgacha yashaydi. Bahorgi iliq kunlarning boshlanishi va gullarning ochila boshlashi bilan ona ari tuxum qo‘ya boshlaydi. Bundan avvalo lichinkalar, keyinchalik esa qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘ladi va nihoyat katta asalarilar yetishadi.
Bolalar bilan mevali bog‘larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o‘rik, shaftoli va boshqa o‘simlik gullarining biridan ikkinchisiga qo‘nib yurganligini kuzatish mumkin. Bolalar asalarilarning g‘uvillashini eshitadilar. Bolalar bog‘- chasi gulzorlarida ham asalarilarni kuzatish mumkin.
Hovuzlar tagidan suzg‘ich qo‘ng‘izlar (10-rasm), suvsevar qo‘ng‘izlar suv yuziga chiqadilar.
Suzg‘ich qo‘ng‘izlar chuchuk suvlarda yashovchi umurt- qasiz hayvonlarning eng yirik va kuchli vakillaridan biridir. Uning tanasi yashil-qora tusda va tanasi atrofida sariq hoshiyasi bor. Hovuzlarga ekskursiya vaqtida tarbiyachi suv- dagi qo‘ng‘izlarni o‘simliklarga ilashtirib oladi. Uni ehtiyotlik bilan olish kerak, bo‘lmasa qo‘lni tishlab oladi.


10- rasm. Suzg‘ich qo‘ng‘iz.

Suvsevar qo‘ng‘iz ham yirik suv qo‘ng‘izlari qatoriga kiradi. Uning rangi qora yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. U o‘simliklar bilan ovqatlanadi. Tabiat burchagida qo‘ng‘izlarni baliqlardan bo‘lak akvariumda saqlash kerak, chunki qo‘ng‘iz yovvoyi


hasharotdir. Suzuvchi qo‘ng‘iz qo‘yiladigan akvarium keng va baland bo‘lishi kerak. Qo‘ng‘iz unda bemalol suzib yura oladi. Bunda akvarium doka bilan bekitiladi. Suzg‘ich qo‘ng‘izlar, odatda, kechasi ovqat izlab chiqadilar.
Katta guruh bolalari bilan suzg‘ich qo‘ng‘iz hamda baliqlar ustida kuzatishlar olib borish mumkin. Bolalar baliq ham, suzg‘ich qo‘ng‘iz ham suvda yashab, ammo ucha olishi ham mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Bunda baliq tanasi tangachalar bilan qoplanganligiga, qo‘ng‘izlarda esa qanot borligiga bolalarning diqqatlarini jalb qilish zarur. Baliq suzg‘ich qanotlari yordamida, qo‘ng‘iz esa orqa oyoqlari yordamida suzadi. Qo‘ng‘izning old oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda uzunroq bo‘ladi. U xom go‘sht va chuvalchang yeydi.
Aprel oyida uya quruvchi qushlarning uchib kelishi ancha kamayadi. Zarg‘aldoq, bulbul, moyqut, ko‘rshapalak, laylak, ko‘k qarg‘a, chivinxo‘r, shuningdek, o‘zining kelganligidan xabar beruvchi kakkular ham uchib keladilar. Aprel oyida turg‘un qushlarda ham katta jonlanish boshlanadi. Ularning xatti-harakatlari ham o‘zgaradi. Jumladan, chumchuqlar uchishdan to‘xtaydilar. Ular juft-juft bo‘lib, ota chumchuq yangi chiqqan patlarini yozib ona chumchuq oldida sakrab yuradi. Chumchuqlar uylarning bo‘g‘otlarida, shuningdek, katta qushlar tashlab ketgan bo‘sh joylarga uya soladilar.
Aprel oyida ko‘kqarg‘a, go‘ngqarg‘a, sa’valaming uchib ketishi tugaydi. Shaharda endi so‘fito‘rg‘aylarni uchratib bo‘lmaydi.
Uy parrandalari: tovuqlar, o‘rdaklar, g‘ozlar tuxum bosadilar. Bu tuxumlardan quyuq patli, ko‘zlari mo‘ltirab turgan, chopishga va ovqat cho‘qishga qobiliyatli bo‘lgan qush bolalari — jo‘jalar chiqadilar.
Aprel oyida turli qo‘ng‘izlar: tillaqo‘ng‘iz (ko‘k rangli qo‘ng‘izcha), tutxo‘r qo‘ng‘iz (havo rang va yonlarida sarg‘ish dog‘lari bo‘lgan kichkina qo‘ng‘izcha), meva qo‘ng‘iz (yashil belgili, qanot ostlarida uchta oltinsimon chuqurchasi bo‘lgan qo‘ng‘iz)lar paydo bo‘ladi.
May oyida qizil zag‘chalar uchib kela boshlaydi. Kak- kularning sayrashlari eshitiladi, qizilishton, laylak, popishak, ko‘kqarg‘a, qaldirg‘ochlar tuxum qo‘ya boshlaydilar. Kakku o‘z uyasiga tuxum qo‘ymay, balki boshqa qushlarning uyasiga (uning tuxumlari 20 tagacha bo‘ladi) qo‘yadi. Kakku uyaga tuxum qo‘yganida uya egasining bitta tuxumini olib tashlab, o‘zining tuxumini qo‘yadi. Shunday qilib, uyadagi tu- xumlarning soni o‘zgarmay qolaveradi. Shu bilan kakkuning nasllar haqidagi g‘amxo‘rligi tamom bo‘ladi.
Kakkular boshqa qushlarga nisbatan bir sutka ilgari tu- xumlarni ochib chiqadilar, tuxumni uyadan chiqarib tashlab o‘zlari qoladilar. Ular uyadagi boshqa qushchalarga mutlaqo o‘xshamaydi, biroq qushlar o‘z bolalari singari ularni ham muhabbat bilan parvarish qilaveradilar.
May oyining o‘rtalarida qushchalarning tuxumdan chiqishi boshlanadi. Yosh chumchuqlar, zag‘chalarning bolalari chiyillaydilar, jarqaldirg‘ochlar ovoz chiqarib uchib yuradilar. Bolalar ularning ovoziga quloq soladilar va qushchalarni ko‘rsatishni iltimos qiladilar.
May oyida har xil rangdagi kapalaklar: limon o‘simligi kapalagi, qichitqi o‘t kapalaklari va boshqalar paydo bo‘ladi. Ekin maydonlarida sassiq qo‘ng‘iz (katta hajmdagi qo‘ng‘iz), go‘rkov qo‘ng‘iz, xonqizi paydo bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling