Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet48/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Sentyabr

Bog‘cha bolalar menda maktabga yo‘l oladi,
Mustaqillik bayrami yurtga dovruq soladi.
Xo‘sh men zo‘rmi, Oktyabr zo‘r?
Yosh do‘stim, bir o‘ylab ko‘r!

Oktyabr

Men kuzning o‘rtasiman, yig‘im – terimning avji,
Menda daryolar tinib moviylashadi mavji.
Xo‘sh men zo‘rmi, Noyabr zo‘r?
Yosh do‘stim, bir o‘ylab ko‘r!

Noyabr:

Men sarhisob oyiman, menda uyilar hirmon,
Peshana ter sidirib, yengil tortadi dehqon.
Xo‘sh men zo‘rmi, Dekabr zo‘r?
Yosh do‘stim, bir o‘ylab ko‘r!



Dekabr

Baxtimiz Qomusining bayrami mendadir bil,
Men yilning so‘ngi oyi, mensiz kelmas Yangi yil.
Xo‘sh men zo‘rmi, Yanvar zo‘r?
Yosh do‘stim, bir o‘ylab ko‘r!


Oylar uchtadan bo‘lib, o‘z fasllari yoniga borib turadilar.


Tarbiyachi: Bolalar, hozir men sizlarga vaqt o‘lchovlari haqida topishmoqlar aytaman.
Bir katta daraxt (bir yil).
Unda bor 4 ta shox (4 ta fasl).
Har shoxda 3 tadan butoq (3 oy).
Har butoqda 4 tadan novda (1 oyda 4 hofta).
Har novdada 7 tadan barg (hafta kunlari).
Bargning bir tomoni oq, bir tomoni qora (tun va kun).
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalar bilan “Jonli haftalar” o‘yinini o‘ynaydi. Har hafta kunlari bir rangda belgilangan.
7 ta qatnashchining boshlaridagi chambaraklariga tur xil rangdagi doiralar yopishtirilgan. Dushanba – ko‘k, Seshanba – sariq, Chorshanba – yashil, Payshanba – jigar, Juma – pushti, Shanba – oq, Yakshanba – qizil. Bolalar bir qator bo‘lib turadilar. O‘rinlar almashadilar, biri bekinadi, o‘troqlari qaysi hafta kuni o‘rni almashganini topadilar.
Yil bobo: Rahmat sizga, farzandlar, tilida asal – qandlar. Sizlarga olib kelgan sovg‘alarni ulashamiz. (Musiqa yangraydi va mashg‘ulot tugaydi)

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling