Tabiat bilan tanishtirish


Download 33.11 Kb.
bet2/5
Sana20.02.2023
Hajmi33.11 Kb.
#1215640
1   2   3   4   5
Bog'liq
FARG

Akvarium baliqlari – ak-variumda yashab va ko‘paya oladigan baliqlar. Ko‘pchilik turlari maydali-gi, antika qiyofasi va ajoyib rangi bilan boshqa baliklardan ajralib turadi. Aksariyat Akvarium baliqlari tabiiy sharoitda tro-pik va subtropik o‘lkalardagi chuchuk suv havzalarida yashaydi. Dengiz baliklarini akvariumda ko‘paytirish qiyin. Akvarium baliqlari ga karpsimonlar (barbuslar, danio, kardinal va boshqalar), haratsinidlar (neonlar, tetralar va boshqalar), karptishlilar (gambu-ziya, guppi, platipesil, afiosemionlar va boshqalar), okunsimonlar (gurami, ipdorlar, xo‘rozchalar, skalyariylar, sentrarxidlar, sixlidlar va boshqalar), laqqasimonlar (kallixtidlar) oilalariga mansub bo‘lgan bir necha yuzlab turlar kiradi. Akvarium baliqlari orasida ayniqsa guppi, danio, barbuslar, skalyariylar, laqqachalar, ne-onlar, nanostomuslar va boshqa mashhur. Akvarium baliqlari ni parvarish qilish va kuzatish organik olamni idrok etishda katta ahamiyatga ega. Akvarium baliqlari ni parvarish qilayotgan bolalar dastlabki mehnat faoliyati ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi, ularda jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish odati shakllanadi. Akvarium baliqlari ustida genetika, biokimyo va bionika sohasida turli tadqiqotlar ham olib boriladi. Mas, guppi va medaklar ustida genetik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Uzoq formalarni chatishtirish orqali Akvarium baliqlari ning yangi zotlari chikarilgan. zamo-naviy akvariumlarda ilmiy tadqiqot maqsadlarida har xil baliqlar, jumladan yirik aku-lalar ham boqiladi. Bunday akvariumlarda baliqlarning hayoti, xulq-atvori o‘rganiladi, yangi zotlar chiqarish ustida seleksiya ishlari olib boriladi.
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari nuqul suvda yashaydigan jonivorlardir, ularning embrion hayoti bo’lsin, butun umri suvda o’tadi.
Suvning o’ziga xos bir qancha xossalari borki, ular o’sha suvda yashaydigan organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Bular qo’yidagilar:

  1. Suv temperaturasi.

  2. Suvdagi kislorod miqdori.

  3. Suvdagi tuzlar miqdori.


Download 33.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling