Tabiat bilan tanishtirish
Download 33.11 Kb.
|
FARG
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ovqatlanish migrastiyasi
- 4. BALIQLAR KO’PAYISHI
- 4. BALIQLARNI IQTISODIY AXAMIYATI.
2. BALIQLAR MIGRATSIYASI
Baliqlar migrastiyasi uch xil bo’ladi asosan. 1. O’rchish migrastiyasi - bunda baliqlar o’rchish uchun dengizdan daryoga, ba’zilari esa daryodan dengizga chiqadi. Ba’zi baliqlar jumladan tipik dengiz baliqlari esa dengizdan dengiz qiroqlariga, suv ustidan suv ostiga tushadi. Bular treska, piksha va boshqalar. Ba’zi baliqlar o’rchish uchun minglab kilometrlab yo’l bosadilar. Masalan: keta (2000 km dan ortiq) nerka (4 mingdan). Evropa daryo ugori Atlantika okeanining arbiy qiroigacha o’rchish uchun boradi. 2. Ovqatlanish migrastiyasi - Ba’zi baliqlar ovqat izlab ko’chib yuradilar. Masalan: Sevryuga ovqat izlab Kura daryosida Kaspiy dengiziga, treska esa Shimoliy muz okeani dengizlaridan Tinch okeaniga o’tadi. 3. Qishlash migrastiyasi - Baliqlarning ko’pgina turlari qishda juda kam harakat qiladi va mudroq xolatda keladi. Masalan: Kambala balii yilning issiq fasllarida butun Pyotr I qo’ltiiga tarqalgan bo’lsa qishda esa bir joyda to’planadi. 4. BALIQLAR KO’PAYISHI Baliqlarning ko’p turlari ayrim jinslidir. Urulanish tashqi suvda bo’ladi. Baliqlar juda ko’plab suvga ikra tashlaydi. Baliqlar qancha ikra tashlashi ularni avlodiga amxo’rlik qilish bilan xarakterlanadi. Ba’zi baliqlar tuxumini maxsus yamalarga ko’yadi, ba’zilari esa suv osti qumlari, balchiqlar ostiga qo’yadi shuning uchun (garbusha 1-2 ming ikra, keta 2-5 ming ikra, semga 6-20 ming ikra tashlaydi. Sevryuga – 400 ming, osyotr 400-2500 ming, beluga 300-800 ming, sudak 300-900 ming, sazan 400-1500 ming, treska 2500-10 mlngacha ikra tashlaydi). Baliqlarni yoshi turlicha bo’ladi. Masalan: beluga – 100 yilgacha, kambalalar 60 yilgacha sazon 16 yilgacha yashagani ma’lum. 4. BALIQLARNI IQTISODIY AXAMIYATI. Baliqlarni planetamiz bo’yicha iqtisodiy ahamiyati nihoyatda katta. Hayvonlardan olinadigan jamiki mahsulotlarning 17 %i baliqlarga to’ri keladi. Baliqlardan oziq ovqat maxsulotlaridan tashqari ular qoldiqlardan hayvonlarga berish uchun “baliq uni” tayyorlanadi. Ko’pgina turlari jigaridan (treskasimonlar, akulalar) shifobaxsh va texnik baliq yoi olinadi. Tangalaridan sun’iy sadaf olinadi. Akulalar, skatlar, som, beluga, ketalar terisi teri-galenteriya sanoati uchun qimmatli hom ashyo hisoblanadi. Baliqlardan olinadigan ikra eng to’yimli ozuqa xisoblanadi. Download 33.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling