Qadimgi Hindistonliklar tabiat olov, suv, havo, yer va efirdan tashkil topgan degan fikrlarni ilgari surishgan. Qadimgi Xitoy - Qadimgi Xitoyda tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo’jaligida almashlab ekish joriy etilgan. Yerlarni o’g’itlashda sug’orishda birmuncha yutuqlar qo’lga kiritilgan. Eramizdan 3-4 ming yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot) o’simliklarning yangi navlarini (manzarali o’simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo’llanilgan. Qadimgi xitoy meditsinasida qo’llanilgan davolash usullarining ba’zilari (ninaterapiya, kuydirish usuli bilan davolash) hozirgacha ham ahamyatini yo’qotgani yo’q.
Tabiatning bir butunlik g’oyasi - Eramizdan avvalgi II-minginchi yillarda Xitoyda intensiv dehqonchilik,chorvachilik rivojlangan.Ipakchilik bundan ham ilgari paydo bo’lgan.Qadimgi Xitoy materializmining tarafdorlari ham dunyoning moddiyligini va bir butunligini 5ta element(metall,daraxt,suv,olov,yer) ta’minlaydi deb tasavvur qilganlar.
Djouli - Xitoyliklar O’simliklar bilan hayvonlar olamini qadimdan o’rganganlar. Ularning klassifikatsiyasi eramizgacha bo’lgan II asr oxiri I asr boshlarida yashgan Djouli asarlarida uchraydi. U o’simliklarni 5 guruhga bo’ladi.
Djouli hayvonlarni 5 ta guruhga bo’lgan - Tangacha bilan qoplanganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |