Tabiat landshaft komponentlari
LANDSHAFTLARNING TARKIBIY QISMLARI
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
dilshod REFERAT
2.LANDSHAFTLARNING TARKIBIY QISMLARI Landshaft (nem. Land — yer, shaft-ôzaro aloqadorlik,birikkanlik )tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud. Landshaftshunoslikda L.ning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda L. yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, bunda L. termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllaniladi; umumiy tushuncha, bu holda L. terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qoʻllanilyshi mumkin. Masalan, tundra L., dasht L., togʻ va h.k. Yana q. Geografik landshaft, Madaniy landshaft; 2) meʼmorlikda — bogʻ-rogʻli joylarning umumiy koʻrinishi, manzarasi; 3) tasviriy sanʼatda — manzara janri. Landshaft nemischa so‘z bo‘lib, (land-yer va schaft – o‘zaro aloqa-dorlik va bog‘liqlikni aks ettiruvchi suffi ks), umumadabiy tilda manzara,joyning ko‘rinishi ma’nolarini anglatadi. Geografi yada esa ilmiy terminbo‘lib, geotizimlarning bir taksonomik pog‘onasini nomlash va tavsifl ashuchun ishlatiladi. Landshaft – bir xil geologik tuzilishi, bitta relyef turi,bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga xos bo‘lgan, o‘zaro bog‘liqkichik geotizimlar yig‘indisidan iborat genetik jihatdan bir butun geotizim-dir. Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provinsiya, okrug, rayon kabi regional geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizim, geografi k qobiqning eng oddiy va eng kichik birligidir. Ikkinchi jihatdan, o‘zidankichik bo‘lgan urochishe, fatsiya kabi qismlar va oddiy geotizimlarbog‘lamidan hosil bo‘lgan murakkab ko‘p yarusli va dinamik geotizimdir. Landshaft yon-atrofdagi landshaftlar bilan modda va energiya almashinishi orqali doim o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadigan ochiq geotizimdir. Landshaftlar joylardan, joylar urochishelardan, urochishelar esa fatsiyalar tizimidan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling