Tabiat landshaft komponentlari


TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARI


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1210979
1   2   3   4
Bog'liq
dilshod REFERAT

3.
TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARI
Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning 
barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchasbog‘langan.
Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollaritakomillashib boradi. 
Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususi-yatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos 
“muhit” yaratadi. Shuning uchun, jami-yat va tabiat munosabatlari haqida 
gapirganda tabiiy muhit, geografi kmuhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi 
tushunchalar qo‘llaniladi. 
Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, 
to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham 
tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir. 
Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidiro‘rab 
turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar 
mujassamligi. Geografi k adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik 
kqobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan 
ishlatiladi. 
Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab 
chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladigan bir qismi. Geografi k muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy 
sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga vaxo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga 
faol ta’sir etadi. O‘z navbatida,jamiyat ham geografi k muhitga ta’sir ko‘rsatadi. 
Jamiyat rivojlanib borgani sari geografi k muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi. 
Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, 
inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi.
Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.Atrof-
muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qamrab olgan yashash va 
mehnat qilish sharoiti. 
Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va zamonda 
o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan 


bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud,o‘lkaning yashnashiga olib 
kelgan. Aks ta’sir esa, noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doim 
o‘zgarib, murakkablashib borgan.
Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatgata’sir ko‘rsatib, 
undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadidao‘zgartirib kelmoqda.
Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning 
oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi,miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi.
Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir. 
Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarishiva qayta 
tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropo-gen ta’sirga chidamliligi 
yoki chidamsizligi turli geotizimlarda harxil bo‘ladi. Shu bilan birga, inson faoliyati 
ham turlichadir.
Masalan,inson geotizimlarga konchilik sanoati orqali bir xil ta’sir 
ko‘rsatsa,shahar 
qurilishida 
boshqa 
xil, 
dehqonchilik, 
chorvachilik, 
o‘rmonxo‘jaligida esa yana boshqacharoq ta’sir etadi.
Natijada har xil daraja va ko‘rinishda inson uchun ijobiy va salbiy o‘zgargan 
geotizimlar hosil bo‘ladi.Ko‘pincha insonning xo‘jalik faoliyati ma’lum tabiat 
komponentlaribilan bog‘liq bo‘ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda 
vao‘rmonchilikda o‘simlik (o‘t o‘simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog‘ jinsi 
(foydali qazilma) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Binobarin, ushbukomponentlar o‘sha hududlarda ma’lum darajada 
o‘zgarishga uchraydi. Ba’zan bu o‘zgarishlar boshqa komponentlarning ham u yoki 
bdarajada o‘zgarishiga olib keladi.
Ayrim xo‘jalik sohalarida inson ikki va undan ortiq tabiat komponentlari bilan 
munosabatda bo‘ladi.Sug‘oriladigan dehqonchilikda tuproq va suv, sanoat ishlab 
chiqarishida tuproq, suv, havo, o‘simlik bilan munosabatda bo‘ladi. 
Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon geotizimlarninguzviy 
bog‘liqligi komponentlardan biriga biror maqsadda qilingan ta’sir,ko‘pincha boshqa 


komponentlarga ataylab qilinmagan ta’sirning sodirbo‘lishiga olib keladi 
(suvomborlarini qurish – atrofdagi yerlarni suvbosishiga, yerosti suvlarining olinishi 
– yer yuz sining cho‘kishiga va h.k.). Aslida, xo‘jalik faoliyatining deyarli barcha 
turi (ishlab chiqarish,rekreatsiya, tabiatni muhofazalash, ilmiy-tekshirish) amalda 
doimiy yoki vaqti-vaqti bilan geotizimlarga ta’sir etadi. Mazkur ta’sirning miqyosi, 
tezligi va boshqa ko‘rsatkichlari asosida geotizimlar ma’lum darajada o‘zgarishga 
uchraydi. Geotizimlardagi o‘zgarish, o‘z navbatida, aholining sog‘lig‘i va xo‘jalik 
faoliyatida ijobiy yoki salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
A. G. Isachenko antropogen ta’sir oqibatida geotizimlarning qay darajada 
o‘zgarganligini asos qilib oladi va barcha antropogen land-shaftlarni 4 guruhga 
ajratadi: 
1. Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar). Ular bevosita inson ta’siriga 
va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson 
faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin, xolos. 
Masalan, baland tog‘lardagi qor-muzliklar va o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va h.k. 


2. Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular, asosan, inson faoliyatining 
ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga duchor bo‘lganlandshaftlar. 
Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlar-gagina ta’sir etib, tabiiy 
aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o‘z holatini tiklab olishi mumkin; 
3. Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi land-shaftlar, 
asosan, inson faoliyatining jadal ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p 
komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib 
kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k. 
4. Madaniy landshaftlar. Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini 
ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan, 
sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k.
Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan 
jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy,ham salbiy 
oqibatlarga olib kelmoqda. Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay 
ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb 
masalalardan bo‘lib qolmoqda.Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat 
manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorli 
gini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha 
turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan 
amalga oshiriladi.Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit 
ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer,iqlim, 
o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay 
foydalanish. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO`YXATI 
1.Rafiqov A.A. “Geoekologik mumammolar” -T:-O`qituvchi-1997 
2.G`ulomov P.N. “O`zbekistonda tabiatdan foydalanishning geografik 
asoslari” –T;-Universitet-1990 
3.Tursunov X.T.”Ekologiya va barqaror rivojlanish” -T-2009 
4.G`ulomov P.N “Inson va tabiat” 
5.Lapas Alibekov “Inson va tabiat” 
 
 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling