Tabiat landshaft komponentlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
dilshod REFERAT
2-Rasm
Joy – o‘zaro bog‘liq va o‘xshash urochishelarning mujassamligidan iborat geotizim. Landshaftlarning joylarga tabaqalanishida rel yef asosiy ahamiyatga ega. Joy relyefning mezoshakllariga to‘g‘ri keladi.Daryolarning quyi terrasalari, qayir joylarni tashkil qiladi. Ushbu joylarguruhi uchun grunt suvlarining yer betiga yaqin joylashishi, tuproq hosil bo‘lishida ularning faol qatnashishi, asosan, gidromorf, ya’ni allyuvial tuproqlar rivojlanishi, namsevar o‘simliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Daryo terrasalarining yuqori va quyi qismlari O‘zbekistonda deyarli to‘liqo‘zlashtirilgan va ularda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullaniladi. Shuning uchun bu joylar qadimdan dehqonchilik yerlari hisoblanadi.Urochishe relyefning mezoshaklida joylashgan bo‘lib, kelib chiqishi va rivojlanishi jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsiyalardan iborat geotizimdir. Joylarning alohida urochishelarga bo‘linishida uning litogen asosi – relyef hamda tog‘ jinslarining litologik tuzilishi asosiyahamiyatga egadir. Tekisliklarda urochishe ko‘proq jarliklarga, murakkab tu zilgan qayirga, quyi terrasalarga, yuqori terrasalardagi botiqlarga,deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlariga, tog‘larda esa soy-larga, adiroldi qirlarga, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning turliqismlari va boshqalarga mos keladi. Fatsiya – (lotincha facies – tashqi qiyofa ma’nosini anglatadi) tog‘jinslarning litologik tarkibi bir xil, relyef tuzilishi, namlanishi bir xil,mikroiqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil, ya’ni uni hosil qiluvchi komponentlariga xos bo‘lgan belgilari bir xilligi bi-lan tavsifl anadigan eng oddiy tuzilgan va eng kichik geotizimdir. Fatsiyalar relyefning mikroshakllariga to‘g‘ri keladi. Masalan, jarlarning ichi, pastqamliklarning tubi fatsiyalari. Fatsiyalar geotizimlar ichida eng ochig‘i hisoblanadi va faqat qo‘shni fatsiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi sharoitidagina shakllanadi, rivojlanadi. Ular o‘zidan katta bo‘lgan boshqa geotizimlarga nisbatan tashqi kuchlar ta’siriga beriluvchan va tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning sababi shundaki, fatsiya doirasida uning komponentlari orasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikboshqa geotizimlardagidan ko‘ra mo‘rtroq, tez shikastlanuvchan, tashqi omillar ta’siriga chidamsizroq ekanligidadir. Shuning uchun ham, insonning xo‘jalikdagi faoliyatini geotizimlarga ta’siri va uning o‘ziga xos oqibatlari dastavval fatsiyalar miqyosida ro‘y beradi. Jumladan, bunday o‘zgarishlar fatsiyalarning eng harakatchan, o‘zgarishga moyilroq bo‘lgan o‘simliklarida ko‘zga tashlanadi va keyinchalik ularning boshqa xususiyatlari: mikroiqlimi, namlanishi, issiqlik tartibi kabilarning o‘zgarishiga olib keladi. Tog‘ jinslari ko‘pincha o‘zgarmay qoladi. Shu sababli fatsiyalarga bo‘ladigan inson ta’siri to‘xtatilsa, o‘zgargan fatsiyalar yana o‘zining avvalgi holatiga qaytishga harakat qiladi. Geotizimlarning bir xil tabiiy sharoitga ega ekanligi, ularni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish muhim ekanligini ko‘rsatadi. Chunki, ular-ning o‘zgaruvchanligi,rivojlanishi, resurslarning joylashuvi, mahsuldorlik va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish, ulardan xo‘jalikni rivojlanti- rish maqsadlarida foydalanishning eng samarali yo‘llarini ochib beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling