Tabiat landshaft komponentlari


TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARI


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1130009
1   2   3   4
Bog'liq
Dilshod refarat

3.
TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARI
Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning 
barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchasbog‘langan.
Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollaritakomillashib boradi. 
Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususi-yatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos 
“muhit” yaratadi. Shuning uchun, jami-yat va tabiat munosabatlari haqida 
gapirganda tabiiy muhit, geografi kmuhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi 
tushunchalar qo‘llaniladi. 
Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, 
to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham 
tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir. 
Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidiro‘rab 
turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar 
mujassamligi. Geografi k adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik 
kqobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan 
ishlatiladi. 
Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab 
chiqarishning muayyan tarixiy bosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘ladigan bir qismi. Geografi k muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy 
sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga vaxo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga 
faol ta’sir etadi. O‘z navbatida,jamiyat ham geografi k muhitga ta’sir ko‘rsatadi. 
Jamiyat rivojlanib borgani sari geografi k muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi. 
Texnogen muhit – aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi bo‘lib, 
inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi.
Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.Atrof-
muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen muhitni qamrab olgan yashash va 
mehnat qilish sharoiti. 
Jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va zamonda 
o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan 


bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud,o‘lkaning yashnashiga olib 
kelgan. Aks ta’sir esa, noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosabati doim 
o‘zgarib, murakkablashib borgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO`YXATI 
1.Rafiqov A.A. “Geoekologik mumammolar” -T:-O`qituvchi-1997 
2.G`ulomov P.N. “O`zbekistonda tabiatdan foydalanishning geografik 
asoslari” –T;-Universitet-1990 
3.Tursunov X.T.”Ekologiya va barqaror rivojlanish” -T-2009 
4.G`ulomov P.N “Inson va tabiat” 
5.Lapas Alibekov “Inson va tabiat” 
 
 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling