Tabiat landshaft komponentlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1130009
1   2   3   4
Bog'liq
Dilshod refarat

2-Rasm 
 
Joy – o‘zaro bog‘liq va o‘xshash urochishelarning mujassamligidan iborat 
geotizim. Landshaftlarning joylarga tabaqalanishida rel yef asosiy ahamiyatga ega. 
Joy relyefning mezoshakllariga to‘g‘ri keladi.Daryolarning quyi terrasalari, qayir 
joylarni tashkil qiladi. Ushbu joylarguruhi uchun grunt suvlarining yer betiga yaqin 
joylashishi, tuproq hosil bo‘lishida ularning faol qatnashishi, asosan, gidromorf, 
ya’ni allyuvial tuproqlar rivojlanishi, namsevar o‘simliklarning tarqalishiga sabab 
bo‘ladi. 
Daryo terrasalarining yuqori va quyi qismlari O‘zbekistonda deyarli 
to‘liqo‘zlashtirilgan va ularda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullaniladi. 
Shuning 
uchun 
bu 
joylar 
qadimdan 
dehqonchilik 
yerlari 
hisoblanadi.Urochishe relyefning mezoshaklida joylashgan bo‘lib, kelib chiqishi va 
rivojlanishi jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsiyalardan iborat geotizimdir. 
Joylarning alohida urochishelarga bo‘linishida uning litogen asosi – relyef hamda 
tog‘ jinslarining litologik tuzilishi asosiyahamiyatga egadir.
Tekisliklarda urochishe ko‘proq jarliklarga, murakkab tu zilgan qayirga, quyi 
terrasalarga, yuqori terrasalardagi botiqlarga,deltalardagi qurigan kichikroq 
ko‘llarning botiqlariga, tog‘larda esa soy-larga, adiroldi qirlarga, past va o‘rtacha 
balandlikdagi tog‘larning turliqismlari va boshqalarga mos keladi. 
Fatsiya – (lotincha facies – tashqi qiyofa ma’nosini anglatadi) tog‘jinslarning 
litologik tarkibi bir xil, relyef tuzilishi, namlanishi bir xil,mikroiqlimi, tuproqlari, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil, ya’ni uni hosil qiluvchi komponentlariga xos 


bo‘lgan belgilari bir xilligi bi-lan tavsifl anadigan eng oddiy tuzilgan va eng kichik 
geotizimdir. Fatsiyalar relyefning mikroshakllariga to‘g‘ri keladi. Masalan, 
jarlarning ichi, pastqamliklarning tubi fatsiyalari. Fatsiyalar geotizimlar ichida eng 
ochig‘i hisoblanadi va faqat qo‘shni fatsiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi va 
aloqadorligi sharoitidagina shakllanadi, rivojlanadi. Ular o‘zidan katta bo‘lgan 
boshqa geotizimlarga nisbatan tashqi kuchlar ta’siriga beriluvchan va tez 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Buning sababi shundaki, fatsiya doirasida uning 
komponentlari orasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikboshqa geotizimlardagidan ko‘ra 
mo‘rtroq, tez shikastlanuvchan, tashqi omillar ta’siriga chidamsizroq ekanligidadir. 
Shuning uchun ham, insonning xo‘jalikdagi faoliyatini geotizimlarga ta’siri va uning 
o‘ziga xos oqibatlari dastavval fatsiyalar miqyosida ro‘y beradi. Jumladan, bunday 
o‘zgarishlar fatsiyalarning eng harakatchan, o‘zgarishga moyilroq bo‘lgan 
o‘simliklarida ko‘zga tashlanadi va keyinchalik ularning boshqa xususiyatlari: 
mikroiqlimi, namlanishi, issiqlik tartibi kabilarning o‘zgarishiga olib keladi. Tog‘ 
jinslari ko‘pincha o‘zgarmay qoladi. Shu sababli fatsiyalarga bo‘ladigan inson ta’siri 
to‘xtatilsa, o‘zgargan fatsiyalar yana o‘zining avvalgi holatiga qaytishga harakat 
qiladi. 
Geotizimlarning bir xil tabiiy sharoitga ega ekanligi, ularni ilmiy va amaliy 
jihatdan o‘rganish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Chunki, ular-ning o‘zgaruvchanligi,rivojlanishi, resurslarning joylashuvi, 
mahsuldorlik va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish, ulardan xo‘jalikni rivojlanti- 
rish maqsadlarida foydalanishning eng samarali yo‘llarini ochib beradi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling