Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi Reja
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli
Download 1.33 Mb.
|
Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli — iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchungina, atrof tabiatni iste’molchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va tabiiy tizimlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayot tarzi. Kishilarlarning bunday hayot tarzi ekologik tizimlarni katta maydonlarda va keng (global) miqyosda buzdi. Bu davrda, garchand insoniyat tarixida ilk bor yuridik elementlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qaramasdan, kishilarning ongi, bilimi va madaniyati iste’molchilik psixologiyasida edi.
Katta tarixiy muddatni o‘z ichiga olgan, hanuzgacha rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda o‘z asoratini saqlab kelayotgan ushbu munosabat shakli iqtisodiyotni har qanday atrof-muhit muhofazasidan ustuvor ekanligini namoyon etmoqda. Garchand bunday o‘lka va mamlakatlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan samarali foydalanish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar yetarli darajada bo‘lsa-da, lekin ularning amaliy tatbiq etish mexanizmi ishlab chiqilmagan yoki ommalashtirilmagandir. Aks holda huquqiy demokratiya va adolat mezonining o‘chog‘i bo‘lmish AQSH preriyalarida, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida, son-sanoqsiz bizonlar yoppasiga qirib tashlanganligi, o‘rmonlar maydoni ikki barobargacha qisqargani, yemirilgan va yuvilgan yerlar 40 mln gektarga yetgani, qishloq xo‘jaligi oborotidan 58 foiz unumdor yerlar chiqib ketganligini qanday tushunish mumkin. Ilmiy texnika yutuqlari u davrda atrof tabiiy muhit xavfsizligini saqlab qolishga emas, balki global miqyosda qurolli to‘qnashuvlar va sovuq urushlarda g‘olib chiqish, ma’lum bir qatlamdagi aholini boyitishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham J.B. Lamark 1820–1960-yillarni «inqilobiy sanoat yuksalishi», tabiiy ti-zimlarni esa inqirozga tomon «sudralish» davri, deb bejiz aytmagan. Shunday qilib, atrof tabiiy muhit inqirozi kishilar faoliyatini unga ta’sirining uch oqibatlar majmui — tabiiy resurslarning kamayishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiat tizimlarining buzilishi mahsulidir. Tabiiy resurslarning kamayib va yo‘qolib borishi hamda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi tabiiy tizimlarning buzilishiga va inqirozlarning kelib chiqishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi inqiroz o‘zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishiga, insoniyatni yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasligiga hamda buzilgan tabiat tizimlarini tiklash imkoniyatlari yo‘qolishiga olib kelmoqda. Chunki, tabiatda modda va energiyaning aylanish zanjirida turgan biron-bir tabiiy obyektning yo‘qolishi yoki ifloslanishi natijasida uning kamayib ketishi tabiatni o‘z-o‘zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish va qayta tiklash xususiyatlarini yo‘qotib qo‘yadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling