Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi Reja
Download 1.33 Mb.
|
Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlari
Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi Reja: Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlari Tabiat va kishilik jamiyati qonunlarini uyg‘unlashtirishning ekologik jihatlari O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlari Asrlar davomida buyuk allomalar tabiat, inson, jamiyat va hamjamiyat nima, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob qidirib kelganlar1. Inson tirik organizm sifa-tida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, odamzodni alohida bir mavjudod sifatida qarashga olib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX–XXI asrlar, ya’ni ilmiy-texnika inqilobi davriga kelib juda avjiga chiqdi. «Tabiat ustidan g‘alaba»ga erishgan inson barcha ilm-u fan tarmoqlarida alohida bir kuch-qudrat sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «hokim» emas, balki tabiatning bir bo‘lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomidir». Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof-muhitdan ajratib bo‘lmasligiga shu kunda barcha progressiv aholining ishonchi hosil bo‘ldi. Inson Yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yaratishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi. Insonni boshqa insonlar bilan ma’lum bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi jamiyatdir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan o‘zaro juda ta’sirchan munosabatda bo‘ladi. Yana bir atamaga qo‘llanmaning boshidanoq aniqlik kiritib olishimizga to‘g‘ri keladi. Insonlarni o‘rab turuvchi tabiatni turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida turlicha – «atrof-muhit», «atrof tabiiy muhit», «insonlarni o‘rab turuvchi muhit», «insonlarning yashash muhiti», deb ataydilar. Xo‘sh, qaysi bir ibora ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan to‘g‘ri? Albatta, yuqorida nomlari keltirilgan iboralarni turlicha ishlatilishi tabiiy hol. Chunki, har bir muallif o‘zining ixtisosligi, yozma asarining kimlarga bag‘ishlanganligi va hattoki uning kasbiy mahorati hamda ilmiy darajasiga qarab mazkur iboralarni turlicha ifoda etishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz ushbu iboralarga ilmiy izoh berishga harakat qilamiz. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling