Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi Reja


O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati


Download 1.33 Mb.
bet6/7
Sana08.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1464344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tabiat va jamiyat, tabiiy va sunʼiy muhit ularning oʻzaro aloqasi

O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati

Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida ozmi-ko‘pmi O‘zbekistonning ham ishtiroki bor. Mamlakatimizda yashayotgan 30 milliondan ziyod aholining yarmidan ko‘pi ekologik xavfli bo‘lgan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro‘y berayotgan ekologik inqiroz holati sovet davrining noekologik agrar-iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz Islom Karimov ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqda21.


O‘zbekistonning ekologik siyosati – davlatning ekotizimlarini muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash borasida olib borayotgan ichki va tashqi faoliyat majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishida «atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, ... insonni va mamlakat aholisini ekologiyaning xavfli va tajovuzkor o‘zgarishlaridan himoya qilish» bugungi kunda respublikamiz uchun eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, shuning uchun ham ekologik harakat vakillariga Qonunchilik palatasidan 15 ta joy ajratilganligi haqida ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi» to‘g‘risidagi 212-sonli qarori asosida uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini rivojlantirish belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo‘yicha Dekadasi hamda BMT Yevropa iqtisodiyot komissiyasining strategiyasini O‘zbekiston Respublikasida bajarilishiga ko‘maklashish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2010-yil dekabrida qabul qilindi. Ushbu dasturga 2011–2012-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ekologiya, tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish sohasiga oid o‘quv uslubiy majmualarni takomillashtirish va joriy etish vazifalari kiritilgan.
Mustaqillik sharofati tufayli O‘zbekistonda quyidagi taktik va strategik ekologik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan: «1999–2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi», «O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishni ekologik ta’minlashning milliy harakatlar rejasi», «O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigiyenasi bo‘yicha milliy harakatlar dasturi», «Biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi». Ushbu ekologik dastur va rejalarda hozirgi kunda va kelajakda mamlakatimizda jamiyatning tabiatga nisbatan munosabat shakli qanday bo‘lishi, uning ekologik konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ekologik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning taktik va strategik harakatlar dasturi va yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi — fuqarolarning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash, ya’ni jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo‘llashdir.
Ma’lumki, mustaqillik davrigacha Turkiston, keyinchalik O‘zbekiston chor Rossiyasiga va so‘ngra, sobiq Ittifoqga xomashyo yetkazib beruvchi chekka o‘lka hisoblangan. Shuning uchun ham ular tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan maksimal holda ekstensiv ravishda foydalanganlar, ya’ni jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shaklini qo‘llaganlar. Totalitar tuzumdagi iqtisodiy munosabat shaklidan birdaniga (sakrab) ekologik munosabat shakliga o‘tishning na nazariy va na amaliy iloji bor. O‘zbekiston Respublikasining tanlagan yo‘li – tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni iqtisodiy-ekologik shaklidan bosqichma-bosqich ekologik munosabat shakliga o‘tkazishdan iborat.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qonunida mamlakatimizning ekologik dunyoqarashida quyidagilarga e’tibor berilgan:
– shaxsning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan kishilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish;
— jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mo‘tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog‘lig‘ini ta’minlash, jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish;
— davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo‘lgan barqaror rivojlanishni ta’minlash, mintaqaviy-iqtisodiy holatni mo‘tadillashtirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish.
Shunday qilib, O‘zbekiston uchun yagona shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy zarur ehtiyojlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit milliy xavfsizlikning ajralmas bir bo‘lagidir. Respublikamiz ekologik siyosatining maqsadini amalga oshrish uchun davlatimiz barqaror rivojlanish bilan bir qatorda, muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasini amalda qo‘llashni ma’qul deb topdi. Bu degan so‘z — shaxs, jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo‘yicha iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak. Davlatimizning ekologiya borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari 1.7.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Tabiatni muhofaza qilishning Milliy dasturida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarni quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirish tavsiya etilgan:
● davlat ekologik islohotlarning yo‘lboshlovchisi;
● ekologik xarajatlarni moliyalash va ularning yangi sxemalarini jalb qilish;
● makroiqtisodiy va sohaviy ekologik siyosatni takomillashtirish;
● qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ekologiyalashtirish;
● atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadini qo‘yish va standartlashtirish;
● ishlab chiqarishning ekologik talablarini chuqurlashtirish va h.k.

XULOSA

Atrof-muhit muammolari odatda ekologik siyosat tomonidan ko'rib chiqiladi (lekin ular bilan chegaralanmaydi) havo va suvning ifloslanishi, chiqindilarni boshqarish, ekotizim boshqaruv, biologik xilma-xillik himoya qilish, himoya qilish Tabiiy boyliklar, yovvoyi hayot va yo'qolib borayotgan turlari va kelajak avlodlar uchun ushbu tabiiy resurslarni boshqarish. Yaqinda ekologik siyosat atrof-muhit muammolarini etkazishda ham ishtirok etdi.Atrof-muhit siyosatidan farqli o'laroq, ekologik siyosat insonga tegishli bo'lmagan ekologik dunyodan (pulli va pulli bo'lmagan) foyda olishga qaratilgan muammolarni hal qiladi. Tabiiy resurslarni boshqarish (baliqchilik, o'rmon xo'jaligi, yovvoyi tabiat, tabiat zonasi, biologik xilma-xillik va xavf ostida bo'lgan turlar) ni boshqarish ekologik siyosatga keng kiritilgan. Siyosatning ushbu ixtisoslashgan yo'nalishi o'ziga xos xususiyatlarga ega.


Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol bo’lmagan mavjudotlar (o'simlik va hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni, inson ongi tufayli tabiatni o‘z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o'zgartirish va moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo'ladigan munosabatlarda insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini beruvchi omil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning mahsuli bo'lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhit(jamiyat) mahsuli hisoblanadi. O'zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko'ra turlicha ongga ega bo'lgan kishilar birgalikda kishilik jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko'rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taydi. Bundan yana shunday xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ular tashkil etgan jamiyat ham tabiatsiz mavjud bo'la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tabiat, inson va jamiyat yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko'rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo'lib hisoblanadilar. Mazkur o'rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentlaridan biri bo'lmish jamiyat ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli hisoblanadi. U bir qator o'ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga to'siq bo'lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o'zaro munosib ravishda rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda boMishini taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo'qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
• Yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma’lum boMgan Olamda yagonadir;
• tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
• tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o'rganish zarur;
• bu tizimning biror-bir komponentidagi o'zgarish uning boshqa komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o'zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb aytish mumkin. Mana shu o'tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o'ziga xos tabiat shakllangan. Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir necha bosqichlarga bo'linadi va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o'rganish bilan bir qator tabiiy fanlar shug'ullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda uni jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega. Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog' jinslari, o'simlik va hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o'ziga xos barqarorlik holati yuzaga kelgan.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling