Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari
Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu maruza
Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bolgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi — asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki estetika bilan bogliq har qanday savolning javobi go‘zallik masalasiga borib taqaladi. Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo dyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiatdagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zalligini inson takrorlashga ojiz. Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog'liq. Ya’ni go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go'zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chinakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badiiy-estetik tafakkurini o‘stiradi. Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik bu tabiatdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg'unlik, mukammallikning insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg'onish jarayonidir. Bu go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqozo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go'zallik bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg‘unligini ta'minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy munosabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik — bu undagi ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir. Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: a) go‘zallik obekiv mazmunga ega bo‘lgan subektiv obrazlar, tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go‘zallik obektivlik va subektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg'unligidir; b)
go'zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning insonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydigan, jo‘shqinlik baxsh etib jonlantiradigan tomonlaridir. Go‘zallik xuddi shu ma’noda jism va ruhning uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladigan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir; d) go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod, mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir;
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling