Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari
Download 0,62 Mb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu maruza
6-MAVZU. ESTETIKA: GO’ZALLIK FALSAFASI PREDMETI VA VAZIFALARI. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. Estetika suzi yunoncha «estezikos» suzidan olingan bo’lib «sezish», «xis qilish kobiliyati» ma’nosini bildiradi. Bu fan insonning vokelikka estetik munosabatlari va insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun-koidalari zdidagi fandir. Shu boisdan bu fan «go’zallik falsafasi» deb ta’riflab kelingan. Birok xozirgi davrda bunday ta’rif yetarli emas, chunki endilikda go’zallik estetikaning tushunchalaridan biriga aylanib kolgandir. Estetika suzini ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta olmon faylasufi Aleksavdr Baumgarten (1714—1762 yillar) «Poetik asarning ba’zi bir masalalari tugrisida falsafiy muloxazalar» kitobida iste’molga kiritgan. Birok bu bilan Baumgartenni estetika fani asoschisi deb bulmaydi, chunki estetika nazariyalari qadim zamonlardayok falsafa fani doirasida o’rganilgan. Dastlabki estetik
ta’limotlar kuldorlik jamiyati davrida — Shark mamlakatlari (Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy, Eron va Turon) da vujudga kelib, qadimgi Yuno-nistonda, ayniksa Platoy, Arastu, Sukrot asarlarsda, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida rivojlantirildi» XVIII asrning ikkinchi yarmidan esa mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosatshunoslik) esa «Ilmi badi’a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan. Arastudan tortib Imom G‘azzoliygacha, hazrat Alisher Navoiydan tortib Aleksandr Baumgartengacha, Deni Didrodan olmon faylasufi Hegelgacha barchasi etika va estetika fanlari falsafa fanining uzviy qismi bo‘lgan mafkuraviy va nazariy fanlardir, deb qaraganlar. Tilimizda «go‘zal», «chiroyli» degan so‘zlar bor. Chiroyli narsa ko‘z bilan ko‘riladi. Go‘zallik ham ko‘z bilan ko‘riladi, ham dil bilan his qilinadi, ong bilan idrok etiladi. Nafosat olamini o‘rganish, tadqiq va tahlil etish, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, uning mohiyatini odamlarga anglatish, o‘qitish kabi maxsus vazifani estetika fani bajaradi. Estetika falsafiy fandir. Falsafa — tafakkur gulshani, ma’naviyat bog‘i. Falsafa fani — haq yo‘lga o‘rgatuvchi ta’limot, dunyoqarashni shakllantiruvchi, odam va olamni bilish ilmidir. Falsafiy fanlar — Etika (axloqshunoslik) vijdoniylikni, pok, halol bo‘lishni o‘rgatsa, Estetika (nafosatshunoslik) esa go‘zallik haqida bilim beruvchi fandir. Estetika suzi kupincha narsa va xodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammallik, mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida xam kullaniladi. Moviy osmon, kuyosh botishidagi kirmizi shafak manzarasi, yangi ochilgan gulning tarovati, oxu komatining uta go’zalligi, tovus patlarning nozik jilvasi, sarv daraxtining adl-ligi, kamalakning rangin tovlanishi va boshqalarni bunga misol tariqasida keltirish mumkin, chunki bularningammasi kishiga zavk-shavk bagishlaydi. Mazkur tushuncha kishilarning yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutki, did bilan kiyinipshni xam anglatadi. Xush, estetika (bu suz ba’zan nafosat tushunchasi bilan baravar ishlatiladi). san’atda kaysi ma’nolarda kullaniladi? Vokelikdagi tabiatan nozik narsalar va xodisalar in’ikosi — badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda — manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorkin dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan kati nazar, nixoyatda nozik ifoda usullari kullanilishi, ifoda usulining bagoyat nafisligi — naksh, rake, oxang va boshqalar dikkatga
sazovordir. Nafosat atamasi bevosita va bilvosita estetika atamasi urnini bosa oladi. Kupchilik estetika atamasiga urgangani uchun nafosat atamasini chukur xis qilolmaydi. Estetika fan sifatida voqelikning go’zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy faoliyatining xamma soxalarida go’zallik va xunuklik tuygularini, ayniksa, badiiy ijodning umumiy qonunlarini urganadi. Viz vokelikdagi go’zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. Estetik
karashlarimiz, tasavvurlarimiz, baxolarimiz nisbiy bo’lib, ularni xolis baxolash estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi — go’zallik zoxiriy va botiniy ma’noga ega. Voqea-xodisa, buyum zoxiran go’zal, botinan xunuk bulsa, bu yerda go’zallik tushunchasi kemtikdir. Oltin zirak tashki jixatdan go’zal bulsa, uning oltin sifatidagi ichki moxiyati xaqiqiy kimmatga egadir. Bu chin ma’nodagi go’zallikdir. Shu bois donishmandlar tashki va ichki go’zallik mutanosibligita aloxida axamiyat berganlar. Insonning chexrasi, komatidagi go’zallik ma’lum kimmatga ega bulsa-da, bu xali tula ma’nodagi go’zallik emas. Qachonki inson tashki kiyofasi bilan birga, uning botiniy olami — xulki, fe’l-atvori, mexnatsevarligi, ezgulikka intilishi va boshqa jixatlari go’zallik xislatlari bilan muvofik bulsa, ular mukammal go’zallik sifatini ola-dilar. E’tibor bergan bulsangiz, ayrim donishmandlar tashki go’zallikni shunchaki shakl deb karab, kuprok ichki go’zallikka — ma’naviy olam mukammalligiga e’tibor beradilar. Inson faqat tashki go’zalligi bilan maktalmasligi kerak. xolbuki tashki go’zallikka ega kishilar botinan go’zal bulmasalar, ularning siyratida manmanlik, xudbinlik, kibr-xavo, sharm-xayosizlik kabi kusurlar joy olgan bulishi mumkin. Go’zallikka intilish tabiiy extiyojdir. Bu extiyoj tarbiya vositasida namoyon buladi. Go’zallik kurshovida yashagan inson bilan xunuklik muxitida usgan odam urtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jixatdan kamolatga yetaklaydi, estetik xis-tuyguni taraqqiy ettiradi. Estetik xis-tuygu insonni kurshab turgaо‘ muxitdagi ruxiy tuygu paydo kiyauvchi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baxolash kobiliyatidir. Estetik extiyoj — ezgulikka, go’zallikka intilshidir. Bu extiyoj mexnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi go’zallikni takozo etadi. Insonning jamiki faoliyat qirralari borliqqa estetik munosabati orqali namoyon buladi. Estetika uz mohiyatiga ko’ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan farq qiluvchi uziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda utmish madaniy merosi, xozirgi kun tajribasi, kelajak bashoratlari uygunlashgan xolda namoyon buladi, fan
voqea-xodisalarning qonuniyatlarini vokelikka muvofik
keladigan tushunchalar va koidalar orkali ochib bersa, estetika voqea-xodisalarni xayol, tukima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar xam uz tuzilishiga kura bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, xaykaltaroshlik, teatr, badiiy adabiyot, kino san’atida voqea-xodisalar bevosita tasvirlanadi: musika, raks, amaliy-kurgazmali san’at, me’morchilikda san’atkorning voqea-xodisalar va narsalardan tugilgan goyaviy-xissiy xolati ifodalanadi. Bu jixatdan estetika san’atga yaqin turadi. Insoniyat taraqqiyotida umumbashariy tuygularni gavdalantirgan san’at asarlari xalqchil bo’lib, xalq orzu-armonlariga mos kelgan. San’atda obrazlar milliy fe’l-atvor, til, an’analar, dunyoqarash, san’atkorning vokelikka munosabati va boshqa mezonlardan kelib chiqib yaratiladi. Xozirgi paytda san’atdagi ijodkorlik rang tasvir, badiiy suz, musyka soxalaridan tashqari, xalq amaliy-xunarmandchilik, xavaskorlik ijodiyoti faoliyati kurishda xam davom etmoqda. San’atdagi ijodiy faoliyat darajasi san’atkorning (musavvir, me’mor, shoir, yozuvchi, bastakor, kushikchi, sozanda, artist va xokazo) iktidori, iste’dodi, san’at turi, janri bilan bog’liq bo’lib, bu mezonlar xar bir yaratilgan san’at asarining ruxiy-tarbiyaviy axamiyatini xam belgilaydi. San’at asarining yaratilishidagi ijodiy jarayon ikki boskichda kechadi. Avvalo vokelikdagi xodisalarni xissiy obrazlar vositasida ifodalash uchun extiyoj — biror maksad paydo buladi, ijodkor ongida fikrlar va goyalar shakllanadi. Ijod jarayonining ikkinchi bosqichida esa ana shu extiyoj — maksad asosida bevosita asar yaratiladi — fikr va goyalar obrazlarga kuchadi. San’at asari badiiyligining zarur sharti univt shakl va mazmun bir-ligidir. San’atda xamisha go’zal shakl mazmun bilan, go’zal mazmun go’zal shakl bilan bir butunlikni tashkil etadi. San’at ibrat xissi — ruxiy tarbiya quroli bo’lib, uning vositasida voqelikdagi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, fojialilik va kulgililikni anglaymiz. Shunday san’at insonda kuvonch va kulgi, yigi va kaygu, nafrat va gazab kuzgaydi, inson faoliyatining muxim turi sifatida odamlarni nafosat va go’zallik ruxida tarbiyalaydi, vokelikka estetik munosabat esa san’atkorlar yaratgan asarlarda, mexnatda, turmushda, axloqiy munosabatlarda aks etib, badiiy asoslarda ifodalanadi. Go’zallik behisob shakl va kurinishlarga ega. Go’zallik barcha narsalarda, xodisalarda namoyon buladi. Avvalo, u kuvonch va shodlik his-tuygusidir. Biz tabiat-dagi, mexnatdagi, odamlar axloqidagi go’zalliklarni begaraz sevamiz. Sevgan, orzu kilgan odamni, narsani kurganda kanday xursand bulsak, gо‘zallikni kо‘rganda xam shunday quvonamiz. Go’zallik san’atda aloxida kimmatta ega. San’at inson munosabatlari go’zalligini — fidoyilik, olijanoblik, ezgulik, yaxshilik, adolat, jasorat, vatanparvarlik kabi tushuncha shaklidagi xolatlarni badiiy ifodalash orkali aks ettiradi. Ayni maxalda san’at ijtimoiy yovuzliklarni, razillik va munofiklik, pastkashlik va riyo, tubanlik va yoltonchilik kabi xunuk xodisalar vositasida xam insonning tuygulariga ta’sir etib, uni tarbiyalaydi. San’atda go’zallik, kupincha fojia, ulurvorlik, kulgi orkali karor topali. Fojiaviylik, ulugvorlik va kulgililik tushunchalari san’atda aloxida kimmatga ega. San’at asarining yaratilishidagi ijodiy jarayon ikki bosqichda kechadi. Avvalo vokelikdagi xodisalarni xissiy obrazlar vositasida ifodalash uchun extiyoj — biror maqsad paydo buladi, ijodkor ongida fikrlar va goyalar shakllanadi. Ijod jarayonining ikkinchi boskichida esa ana shu extiyoj — maqsad asosida bevosita asar yaratiladi — fikr va goyalar obrazlarga kuchadi. San’at asari badiiyligining zarur sharti uning shakl va mazmun bir-litidir. San’atda xamisha go’zal shakl mazmun bilan, go’zal mazmun go’zal shakl bilan bir butunlikni tashkil etadi. San’at ibrat xissi — ruxiy tarbiya quroli bo’lib, uning vositasida voqelikdagi go’zallik va xunuklikni, ulugvorlik va pastkashlikni, fojialilik va kulgililikni anglaymiz. Shunday san’at insonda kuvonch va kulgi, yig’i va kaygu, nafrat va g’azab quzgaydi, inson faoliyatining muxim turi sifatida odamlarni nafosat va go’zallik ruzrida tarbiyalaydi, vokelikka estetik munosabat esa san’atkorlar yaratgan asarlarda, mexnatda, tur-mushda, axloqiy munosabatlarda aks etib, badiiy asoslarda ifodalanadi. Go’zallik bexisob shakl va kurinishlarga ega. Go’zallik barcha narsalarda, xodisalarda namoyon buladi. Avvalo, u quvonch va shodlik xis-tuygusidir. Biz tabiatdagi, mexnatdagi, odamlar axloqidagi go’zalliklarni begaraz sevamiz. Sevgan, orzu qilgan odamni, narsani kurganda kanday xursand bulsak, go’zallikni ko’rganda xam shunday quvonamiz. Olamdagi maxlukotlar orasida aql-idrok soxibi bulgai Odamga yoruglikni koronrulikdan (kunni tuidan), ranglarni (okni koradan) farqlay olish, kulgili va fo-jiali xolatlarni mushoxada etish, kuyingki, nafosat, go’zallik, ezgulik, ulugvordik, olijanoblik olamiga in-tilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, joxillik, pastkashlik kabi illatlarga qarshi kurash olib borish qobiliyati in’om etilgan. Inson shu qobiliyati tufayli uzligini anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning uziga, uzi yashayotgan turmush muxitiga xavodek zarur bulgan go’zallik, nafosat dunyosini yaratishdagi mashakatli mexnati tufayli shu kadar ulugvor axamiyatga molik bulgan ma’naviy boyliklar vujudga keldiki, ularga xayrat bilan boqib, insonning aql-nafosat kudratiga taxsinlar aytamiz. Nafosat va go’zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, ran-gorang, jozibali, extirosli, mo’jizali, sexrli, unda moddiy go’zallik bilan ma’naviy go’zallik uygun xolda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof- vokelikni anglaigga intilshpi bilan chambarchas bog’liqdir. Inson moddiy go’zallik dunyosini bunyod etish jarayonida ma’naviy go’zalliklarni xam kashf eta borgan, ya’ni nafosat olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushoxada etish jarayoni bilan uygunlikda sodir bulgan. Nafosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni anglash, idrok etish, uzlashtirish maqsadi, ya’ni nafosat olamini tadkqiq va taxlil etish zaruriyati paydo buldi. Ayni maxalda bu zaruriyat nafosat (estetika) soxasidagi bilim va tajribalarni tuplashga imkon yaratdi. Nafosat olamini urganish, tadkik va taxlil etish zaruriyatini vokelikka aylantirish, mazkur soxada ilmiy tadqiqot ishlari olib borigp, uning moxiyatini odamlarga anglatish, uqitish kabi maxsus vazifalarni estetika fani va o’quv darsi bajaradi. Aslini olganda estetika fani va o’quv darsi falsafiy bilimlar majmuida uziga xos, aloxida axamiyatga molik bo’lib, u bir tomondan insonnint atrof-muxit, vokelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi sshamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Estetikaning fan, keyinchalik esa o’quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir qator mustaqil bilim soxalariga bo’lib yuborishlar, ya’ni eststikani «estetik kad-riyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» soxalariga ajratib urganish xamda ukitish maksadga muvofik deb ko’rsatilgan edi. Insonning estetik faolligi badiiy faoliyati bilan, aksincha, uning badiiy faoliyati estetik faolligi bilan bab-barobar degan aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida uzini oklamadi. Aslida bu ikky nisbiy mustaqil makomga ega bulgan inson faoliyati soxalari uzaro shu kadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bulmaydi. Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qadriyatlari munosabatlari tizimidagi estetik xu-susiyatlar (go’zallik va xunuklik, ulugvorlik va pastkashlik, fojialilik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon buladi. Insonning estetik faolligi sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baxolash kobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot urtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha soxalaridagi badiiy va estetik uzaro bog’liqlik mezonlari bilan o’lchanadi. Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bulgan inson badiiy faoliyati jarayonlarining boshlanishidan to oxirigacha yaxlit birlikda mushoxada etib urganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimli va amal qilish xususiyatlarini anglab, badiiy ijod, uning samarasi bulgan san’at asarlari bvlan ularni odamlar idrok kiligshining uzviy bog’liqligini ilgab olish, badiiy faoliyat anik shakllari (turlari, kurinishlari, uslublari)ni yaratuvchi qonunlarni o’rganish jamiyat badiiy taraqqiyoti xususiyatlarini, san’at ravnakining istiqbollarini kura bilish qobiliyatining vujudga keloyashi jarayonlarini tankid etish estetika fanining eng muxim mavzusi xisoblanadi. Estetika fani xech vakt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini o’rganish bilan chegaralanib kolmay, u tadkik va taxlil ishlarini istikbol maksad-manfaatlariga yunaltirib turgan. Estetikaning istikbolga malxallanganligi shu bilan izoxlanadiki, u vokelikni nafosat nuktai nazaridan baxolahsa, badiiy mezon ulchovlarini ilmiy jixatdan ishlab chikib, amaliy faoliyatga tatbik etihda ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruxiy, mafkuraviy-goyaviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari xam tobora tiniklashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maksad- manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asos-larini urganish, taxlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi, vokelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko’rsatib beradi. Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bulgan «estetik munosabatlar», «borliqni estetik o’zlashtirish», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat», kabi o’zaro yaqin, ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi «borliqni estetik o’zlashtirish» tushunchasi qolgan «estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini xam qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borligini estetik o’zlashtirish moxiyati va qonuniyatlarini o’rganadi desak to’g’riroq bo’ladi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy-uslubiy metodologik zamini bо‘lib xizmat qiladi. Estetikaning borlikni estetik о‘zlashtirish moxiyati va qonuniyatlari xakidagi fan sifatidagi о‘ziga kos bir qator fazilatlari xam bor. Estetika fani inson tevarak- atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini kamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabxalaridagi nafosat olamini san’at barcha turlari vositasida chukur urganishga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jixatdan taxlil va tadkik etshp barobarida esa estetik faoliyatiing barcha kurinishlariga ilmiy jixatdan yondashish uchun zamin yaratiladi. Shu bois san’at va badiiy ijodning tabiati va moxiyatini urganish, qonuniyatlarini uzlashtirish go’zallik — nafosat (estetika) ning barcha sifat darajalarini urganish uchun kalit vazifasini utaydi. Bu jabxalarga san’atning umumiy nazariyasi (san’atning tabiati, moxiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak qonunlarini aniklash), estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar (mavzui, ilmiy makomi, burch vazifalari, usul-uslublarining uzaro munosabati masalalari)» moddiy boyliklar yaratish estetikasi (mexnat qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va maxsulida estetik jixatlar masalalari), muxandislik-
loyixachilik faoliyati va ilmiy tadqiqot ishlari soxasida estetik jixatlar, tabyat estetikasi (tabiatta munosabat masalasida uziga xosliklarni aniklash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar), insoniy munosabatlar estetikasi, kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha soxalarni kiritish maqsalga muvofiqdir. Xozir jaxon estetika fanida bu jabxalarning xar biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o’quv kurslari darajasiga ko’tarilgan. Estetika fani esa maxsus o’quv kurslarining uslubiy-metodologik asosini tashkil etadi. Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida uziga xos urin egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur naza- riyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, vokelikni estetik va badiiy uzlashtirish jarayonlarini urganipha xolislik, tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy tajribaning axamiyati kabi uslubiy asosni qullash ijobiy samaralarga olib kelishi mumkin. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, vokelikni badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadkik etish urtasidagi uzaro aloqadorlik va uzaro farqlar, vokelikni badiiy vositalar orkali tasvirlashning ijodiy tabiati, san’at asarlaridagi shartlilik va badiiy xaqiqat kabi estetika fanining juda kо‘p nazariy xamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob izlab topish mumkin. Bilish nazariyasining boshqa aqidalari — ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy xayot xilma-xil shakllarining uzaro bir-biriga ta’sir utkazishi, ikti-sodiy zamkn bilan ijtimoiy ong turli shakllari urtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog’liqlik kabi masalalar xam estetik ong, badiiy ijod va san’at ta- biati xamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. Ayni maxalda estetika fani mustaqil bilim soxasini tashkil etgan xolda u falsafaning ravnak topib borishiga xam uzining xissasini qushadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish xam muxim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, vokelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniksa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi xakidagi fikr-muloxazalar xam kup jixatdan san’at bilan bog’liqdir. Estetika fani mazmunan sotsiologiya — keng ijtimoiy bilimlar doirasi bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya fani bilan uch tarkibiy qism orqali boglanadi: birinchidan, ijtimoiy voqea va xodisalar xamda jarayonlarning uslubiy asosi xisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning xam ilmiy-nazariy asosi bo’lib xizmat qiladi; ikkinchidan, sotsiologiya ijtimoiy voqea-xodisalarning Download 0,62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling