Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

 

Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va moddiy xususiyatga ega 

bolgan,  ijtimoiy  hayotda  favqulodda  ahamiyat  kasb  etuvchi  hamda  narsa-hodisalarning 

uyg‘unligi,  hamohangligi,  mutanosibligi,  maqsadga  muvofiqligiga  asoslangan  qadriyat 

shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi 

—  asosiy  kategoriyasi  sifatida barcha  estetik  tushunchalar  uchun  asos  vazifasini  bajaradi. 

Chunki  estetika  bilan  bogliq  har  qanday  savolning  javobi  go‘zallik  masalasiga  borib 

taqaladi. 

Go‘zallik  o‘z-o‘zidan  vujudga  keladigan  hodisa  emas,  balki  shakli,  mazmuni  va 

xususiyatiga  ko‘ra  ikki  ko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi.  Birinchi  ko‘rinishi  go‘zallik  ontolo 

dyasi  bilan  bog‘liq.  Go‘zallik  tafakkur  va  tabiat  mahsuli.  Kulol  loydan,  naqqosh 

yog‘ochdan,  misgar  misdan,  zargar  tillodan  shunday  buyum    yaratadiki,  uning  jozibasi 

insonni  hayratga  soladi.  Yoki  tabiatdagi  purviqor  tog‘lar,  yuksak  cho‘qqilar,  dengiz-u 

ummonlarning go‘zalligini inson takrorlashga ojiz. 

Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog'liq. Ya’ni go‘zallik ayni paytda 

bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go'zalligi uning ishonchlilik, 

qiziqarlilik,  haqqoniylik  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Inson  go‘zallikni  chinakam  his 

etganda,  uning  mohiyatini  bilgandagina  zavqlanadi,  huzur  qiladi.  Zero,  go‘zallikni  bilish, 

idrok etish insonning badiiy-estetik tafakkurini o‘stiradi. 

Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at hodisasi sifatida tabiatdagi, 

jamiyatdagi  hamda  insondagi  go‘zallik  turlariga  ajratib  o‘rganish  mumkin.  Tabiatdagi 

go‘zallik  bu  tabiatdagi  narsa,  hodisa,  jarayonlardagi  uyg'unlik,  mukammallikning  insonda 

yorqin va uzviy his-hayajon uyg'onish jarayonidir. Bu go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, 

undan  bahra  olishning  manbayi  bo‘lib,  tabiatni  estetik  qadriyat  sifatida  qadrlashni  taqozo 

etuvchi  kuch,  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Jamiyatdagi  go'zallik  bu  shaxs  va  jamiyat 

manfaatlarining  uyg‘unligini  ta'minlovchi  adolat,  insonparvarlik  va  tenglikka  asoslangan 

ijtimoiy munosabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik — bu undagi ma’naviy va 

jismoniy vujudning uyg‘unligidir. 

Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 

a) 

go‘zallik  obekiv  mazmunga  ega  bo‘lgan  subektiv  obrazlar,  tasavvurlar, 



idroklar,  tafakkurlarning  hosilasidir.  Go‘zallik  obektivlik  va  subektivlikning  o‘zaro 


mutanosibligi, uyg'unligidir; 

b) 


go'zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning insonni ruhlantiradigan, 

ilhom  bag‘ishlaydigan,  yuksak  oliyjanob  maqsadlar  sari  yetaklaydigan,  jo‘shqinlik  baxsh 

etib  jonlantiradigan  tomonlaridir.  Go‘zallik  xuddi  shu  ma’noda  jism  va  ruhning 

uyg‘unligidir.  Ruhni  oziqlantirib,  jismni  yanada  ulug‘vor  qiladigan  narsa,  hodisa,  voqea, 

jarayonlarning xossasidir; 

d) go‘zallik  — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z huquqini, erkini, qadrini 

topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod, mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir; 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling