Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

xususiy,    aloxida,    nisbiy    mustaqil  sohalari  (siyosat,  davlatlar,  millatlar,  san’at 

turlari  va  kurinishlari)ni  kamrab  olgan  xolda  "estetika  va  badiiy  ijod 

jarayonlarining  ayrim  jabxalari  bilan  uzviy  bog’liqlikda  namoyon  buladi; 

uchinchidan,  anik  sotsiolopik  tadqiqotlar  orkali  olinadigan  dastlabki  ijtimoiy 



axborotlar  (ma’lumot  —  bilimlar)  estetik  va  badiiy  faoliyat  jarayonlarini  xam 

qamrab oladi. 

 Shunday  qilib,  estetika  sotsiologiyaning  barcha  bilim  darajalari  bilan  u  yoki 

bu  kurinishlarda  uzaro  aloqadorlikda  bo’lib,  bu  aloqadorlik  xilma-xil 

yo’nalishlarda  namoyon  bo’ladi.  Masalan,  estetika  umumsotsiologik  nazariyaga 

tayangan  xolla  uzining  goyaviy-mafkuraviy,  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-axloqiy 

yunalishlari  va  maksadlarini  shakllantiradi.    Sotsiologiya  san’at  bilan    jamiyat 

urtasidagi  turli-tuman  aloqalarni  tadbiq  etadi.  Lekin  san’at  sotsiologiyasi 

estetykaning sotsiologik muammolari bilan tula kushilib ketmaydi. Chunki, san’at 

sotsiologiyasi  bilan  estetykaning  sotsiologik  muammolari  urtasida  katta  farq  bor. 




Estetika  nafaqat  san’at,  balki  vokelikni  estetik  о‘zlashtirishning  barcha 

shakllariga  taalluqli  bо‘lgan    sotsiologik    masalalar    yechimi    bilan      xam 

shugullanadi.  Yana  bir  farq  shuki,  estetik  muljal  xamisha  san’atning 

xususiyatlarini  ochishga  karatilgan  buladi.  San’at  sotsiologiyasining  asosiy 

vazifasi  esa  umumsotsiologik  qonunlarning  san’at  soxasida  amal  qilishidir. 

Shuningdek,  san’at  sotsiologiyasining  tushuncha  vositalari  xam  ugziga  xosdir. 

Masalan,  «jamiyatning  badiiy  xayoti»  tushunchasi  sof  estetikadan  kura  kuprok 

sotsiologiyaga 

taalluklidir. 

Estetykaning 

sotsiologik 

muammolari 

bilan 

sotsiologiya  fanining  ayrim  soxalari  urtasidagi  farq  va  chegaralar  shartli  bo’lib, 



san’atning  ijtimoiy  xususiyatlarini  tadkik  qilishda  mazkur  farqlar  va  chegaralar 

yо‘qolib ketishi mumkin. 



Sotsiologiya  bilan  estetika  fanining  uzviy  bog’liqligi  bush  vakt  tizimida 

san’atning  urni  shaxsning  estetik  madaniyati  bilan  mexnat  faoliyati  о‘rtasidagi 

aloqadorlikka  taallukli  boltan  ma’lumot  va  axborotlarni  jamlash  va  ilmiy  qayta 

ishlab chiqishda yaqqol ko’zga tashlanadi. 



Estetika  fani  ruxiyashunoslik  (psixologiya)  fani  bilan  xam  chambarchas 

bog‘lik.  Buni  estetika  tafakkur  taraqqiyotining  barcha  bosqichlarida  kuzatamiz. 

Bu  yaqinlikning  asosi  shundaki,  voqelikka  estetik  munosabatning  barcha 

tomonlari  estetik  did  yoki  estetik  xis-tuyg‘u,  badiiy  ijod  yoki  badiiy  idrok  qilish 

jarayonlarining-xammasi ruxiyat mezoni bilan о‘lchanadi. Chunki, estetika u yoki 

bu darajada insonning ruxiy, xis-tuygu xolatini ifodalaydi. 



Ruxiyashunoslik  fani  estetik  munosabatlarning barcha tomonlarini,  jumladan, 

badiiy  ijod  va  idrok  jarayonlarini  amaliy  va  nazariy  jixatdan  tadkik  etadi.  Ayni 

maxalda  estetika  fani  inson  ruxiy  xayotining  eng  murakkab  va  nozik  tomrnlarini 

kamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlaryni ruxiyatshunoslik fanining erishgan 

yutuklari  va  xulosalaridan  keng  foydalanmasdan  turib  tasavvur  etib  bo’lmaydi. 

Ayni  paytda  shuni  xam  unutmaslik  kerakki,  san’atning  uziga  xos  xususiyatlarini 

urganishda  ruxiyashunoslik  fanining  axamiyati  kanchalik  katta  bulmasin,  u  xech 

vakt  estetika  fanining  urnini  bosa  olmaydi.  Zero,  o’tmishda  va  xozirda  voqelikka 

estetik munosabatning butun bir soxasiga ruxiyashunoslik akidalarini bosh mezon 

qilib  olib,  estetikani  mustaqil  fan  sifatida  chetga  surib  qo’yishga  moyillik 

seziladi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling