Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Semiotika  (belgilar  va  belgilar  tizimi  haqidagi  fan)  fani  bilan  aloqadorligi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Semiotika  (belgilar  va  belgilar  tizimi  haqidagi  fan)  fani  bilan  aloqadorligi. 

Malumki,  san’at  asarida  belgilar  va  badiiy  ramzlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan, 

harflar, notalar va h.k. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, 

ya’ni semantik va pragmatik axborotni o‘zida mujassam qilgan san’at asari o‘sha axborotni 

yetkazib  berishga  ham  mo‘ljallangan.  Ana  shu  san'atning  belgi  bilan  bog‘liq  tomonini, 

kommunikativ—vositachilik  jihatini  semiotika  o‘rganadi.  Ayni  paytda,  estetikada 

tuzilmali—semiotik  estetika  deb  ataladigan  nazariya  ham  mavjud.  Unda  san’at  maxsus  til 

yoki  belgilar  tizimi,  alohida  san’at  asari  esa  ana  shu  tizim  belgisi  yoki  o‘sha  tizim 

belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga 

uni yetkazib beruvchi hodisa tarzida o‘rganiladi. 

Bundan  tashqari,  estetika  kibernetika,  ekologiya  va  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek, 

barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Chunonchi har 

bir san’at  turining  «o‘z  estetikasi»  mavjud: so‘z  san’ati  estetikasi,  teatr  estetikasi, musiqa 

estetikasi va hokazo. 

Har bir fanning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bo‘lgani singari estetika fani ham bundan 

mustasno  emas.  Zotan,  biz  qurayotgan  fuqarolik  jamiyatining  a’zosi  har  jihatdan  kamol 

topgan,  yuksak  nafis  did  egasi  bo‘lmog‘i  lozim  va  uning  nafosat  tarbiyasi  to‘g‘ri  yo‘lga 

qo‘yishda  estetika  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero,  estetika  orqali  biz  faqatgina 

ko‘rganlarimizning  shakliy  go‘zalligini  emas,  balki  ayni  paytda  shakl  bilan  birga  uning 

falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling