Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

 TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 

 

Go‘zallik  haqidagi  ilk  tasavvurlar  ham  tabiat  bilan  bog‘liqdir.  Tabiatdagi 

organizmlarning  har  biri  o‘z  holicha  emas,  balki  boshqa  organizmlar  bilan  bogliq  holda 

yashaydi.  Nabotot  olami  ham,  hayvonot  olami  ham  quyosh,  suv,  havo,  tuproq  ta’sirida 

yashaydi, rivojlanadi. 

O’zbek  xalqi  tabiatga  tarixan  uzoq  davrdan  buyon  mehr  bilan  qarashga,  uni  asrab-

avaylashga  o‘rganib  kelgan.  Bu  milliy  bayram,  qadimiy  ap’apa,  urf-odatlarda  ham  yaqqol 

ko‘rinadi.  Xususan,  O’rta  Osiyo  xalqlarining  har  yili  nishonlanadigan  Navro‘z  bayrami, 

asrlar  davomida  ona  Yerga  va  tabiatga  bo‘lgan  mehr-muhabbat,  unga  ehtiyotkorona 

munosabatda bolish, uni ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan. 

Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga 

xos  yondoshuv  mavjuddir.  Daosizm  talimotida  Inson  mavjud  olam  kabi  dao  qonunlari 

asosida  vujudga  kelgan,  u  tabiatning  bir  qismi,  uning  vazifasi  fazilat  (de)  yo‘lidan  borish. 

Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar 

uchun haloqatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy 

etgan  qonunlardan  chekinishdir.  Shu  sababli,  Laoszi  nazdida  faoliyat  daoga  qarshi 

qaratilgan  va  xalqqa  zarar  keltiradi,  uning  asosiy  axloqiy  tamoyili  «uvey»faoliyatsizlik, 

donishmand kishining «dao»si  — bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida 

tabiatga  qarshi  bo‘lmagan  faol  xatti-harakat,  faqat  daoga  xos,  tabiat  qonunlariga  mos 

faoliyatdir.  Tabiat  go‘zalligini  asl  holda  saqlash  va  uni  ko‘rish,  his  qilish  daochilikda 

muhim ahamiyat kasb etgan. 

Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari bilan 

bir qatorda  atrof-muhitni  toza  saqlash, tabiat  boyliklaridan to‘g‘ri  foydalanish, ularni  isrof 

qilmaslik,  insonning  yashash  tarzi,  shaxsiy  gigiyenasi,  zurriyotni  tozaligiga,  o‘simlik-

hayvonot  dunyosini  asrashga,  umuman  ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilishga  katta 

ahamiyat berilgan. 

Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir. 

Go‘zallik  bu  voqelik  (tabiat,  jamiyat,  san’at)  hodisasi  bolib,  aniq  hissiy  ta’sir  o'tkazish 

orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko'payishiga, shodlik, zavqlanish, 

to‘la  ma’naviy  qoniqish  holati  vujudga  kelishiga  imkon  yaratadi.  Go‘zallik  doimo 

foydalidir,  lekin  bu  foydalilik  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  xizmat  qilishga  mo‘ljallangan 

boladi. 


Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go'zallik 

badiiy  ijoddagi  go

zallikdan  farq  qiladi.  Lekin go‘zallik qanchalik  o‘zining  rango-rangligi 



bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana 

shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik 

tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud. 

Insonda  tabiatga  qanday  munosabatda  bo‘lish  tuyg

usi  birdaniga  paydo  boMmagan, 



albatta,  u  sekin-asta,  inson  zoti  va  tabiati  rivojlanib  borgani  sari  shakllanib  borgan.  Inson 

atrofidagi tabiatni o

zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan 



baholanadi,  o‘lchanadi,  inson  uchun  tabiatning  go

zallik  va  xunuk  tomonlari  ayon  bo



la 


boshlaydi. 

 XX  asrda  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyot  natijasida  biosfera  ichida  noosfera  ya’ni 

texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga 

katta  ta’sir  ko‘rsata  boshladi.  Bugun  uyali  aloqa,  kompyuterlarsiz  hayotni  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi.  Bu  esa  texnika  hayotimizga  tobora  chuqur  kirib  borayotganini  ko’rsatadi. 

Albatta,  biosferadagi  barcha  o‘zgarishlarning  sababchisi  inson  —  uning  tafakkuri  ekanligi 



barchaga ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. 

Bu  esa  kishilarning  ongi,  faoliyati  mana  shu  tezkorlikka  moslashishi  lozimligini  taqozo 

etadi. 

Texnika  rivojining  ko‘p  yillik  tarixi  bizning  texnik  bilimlarimiz,  ixtirochilik, 

konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy 

mukammallashib  borishini  ko‘rsatmoqda.  Hozirgi  zamon  sivilizatsiyasi  sanoat  va  texnika 

taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. 

Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. 

Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator — harakatga 

keltiruvchi sifatida inson ongidan joy olai. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy 

hayotga,  iqtisod,  siyosat  va  mafkuraga  kirib  keldi.  «Inson  va  mashina»  munosabatlari 

tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. 



 Turmush bu ijtimoiy hayot sohasiga oid tushuncha bo‘lib, u inson, millat va xalqning 

yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-

kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash,  shuningdek, ma’naviy  qadriyatlarga  bolgan  ehtiyojlarini 

qondirishdan  iborat.  U  azaldan  madaniy  qadriyatlarni  vujudga  keltiradigan  va  asraydigan 

muhim  makon  bo‘lib  kelgan.  Turmush  madaniyati  inson  hayoti  va  ijtimoiy  muhitda 

iqtisodiy,  ijtimoiy,  estetik  mezonlarni  ko‘rsatish  bilan  birga  estetik  madaniyatni  ham 

shakllantiruvchi hodisadir. 

Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, o‘zini 

tutish  meyorlari  kabi  tabiiy,  sodda  ammo,  asosiy  qadriyatlarni  singdirishida  namoyon 

bo'ladi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu 

fazilatlar,  qadriyatlarni  har  bir  shaxs  o‘zi  bilan  oilasiga  olib  o‘tadi  va  uning  abadiyligini 

ta’minlaydi.  Turmush  estetikasi  dizayn,  ekoestetika,  atrof-muhit  estetikasi,  estetik  tarbiya 

bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  moddiy  va  badiiy  madaniyatni  integratsiyalashning  eng 

ta’sirchan vositalaridan biridir. 

Turmush  estetikasi  insonni  voqelikka  estetik  munosabatini  namoyon  etadigan 

sohalardan bo‘lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, kiyinish va muomala  madaniyati, narsa va 

buyumlarga,  turar  joylariga  munosabatini  aks  ettiradi.  O’z  o‘rnida  insonni  o‘rab  turgan 

narsa  va  buyumlar  olamining  go‘zalligi  inson  hayotining  uyg'unligini  ta’minlaydi  va  uni 

estetik  tarbiyalaydi.  Turar  joyi,  tashqi  ko'rinishi,  kiyim  ko‘rkamligi  orqali  inson 

yashayotgan,  mansub  bo‘lgan  jamiyat  haqida  estetik  tasavvur  olish  mumkin.  Va  aksincha 

turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi. 

Mustaqillik  yillarida  madaniy-hordiq  infrastrukturasidagi  islohotlar,  bolalar  uchun 

sport  maktablari,  madaniyat  saroylari  va  barkamol  avlod  saroylari,  fitnes  klublar,  tikish-

bichish,  kasb-hunar  o‘rganish  bilan  bog‘liq  to‘garaklar  aholi  turmush  estetikasiga  ijobiy 

ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi 

bo‘lib  yashashiga  erishish  bugungi  zamonaviy  davlatchilik  taraqqiyotidagi  muhim 

ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Yaqinda  ayni  shu  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti  ko‘magida  AQShning  Kolumbiya  universiteti  sotsiologlari  tomondan  ijtimoiy 

so‘rov  va  tadqiqotlar  o‘tkazilib,  shu  asosda  «Butunjahon  baxt  indeksi»ning  («World 

Happiness  index»)  yangi  reytingi  e’lon  qilindi.  Diqqatga  sazovor  jihati  shundaki,  ushbu 

ro‘yxatda  O’zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo 

mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qayd etildi»

1

 

                                                           



1

 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir. — T.: 

O’zbekiston. 2015. -12 b. 



  Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar yaratish 

va  unga  bolgan  munosabatida  aks  etadi.  Qadimgi  odamlar  turli  narsalardan  loy,  yog‘och, 

tosh  va  tabiatning  boshqa  predmetlaridan  o‘ziga  xos  mo‘jizalar  yaratganligi  ma’lum.  Bu 

narsalar  dizayn  faoliyati  jarayonida  yaratila  borib  turmush  madaniyatining  muhim 

xususiyatini tashkil qiladi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling