Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Xalq  pedagogikasi  estetikaning  «go‘zallik  —  hayot  demakdir»  degan  qoidasidan 

kelib  chiqib,  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  hayotdagi,  mehnatdagi,  turmushdagi,  kishilar 

munosabatidagi  go‘zallikda  ishtirok  etishini,  uning  hayotni,  san’atni  idrok  eta  bilish 

qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi. 

Agar  inson  estetik  jihatdan  tarbiyalangan  bo‘lsa,  u  har  qanday  qiyin  ishda  ham 

go‘zallikni ko‘ra oladi va uni zavq-shavq bilan bajaradi. 

Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz go‘zallikni idrok etish ham, 

ijodiy  faoliyatni  rivojlantirish  ham  mumkin  emas.  Xayol  faoliyat  jarayonida  shakllanadi. 




O‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi. Dastlabki vaqtlarda 

xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi. 

Keyingi  bosqichlarda  esa  ijodiy  faollikning  tashqi  shakllaridan  asta-sekin  fikrlashga 

o‘tadi. 


Estetik  tarbiya  —  o‘quvchining  estetik  faoliyati  orqali  amalga  oshiriladigan  bilim, 

malaka  va  ko‘nikmalarni,  estetik  hissiyot,  qiziqish,  estetik  ehtiyoj,  estetik  did  va 

mulohazalarni tarbiyalashini o‘z ichiga oladi. 

Bular o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda, ijtimoiy va tabiat voqealari bilan 

tanishtirish orqali, san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berishdan iborat. 

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir: 

— 

badiiy adabiyot, tabiat, mehnat; 



— 

insonlarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi; 

— 

tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar; 



— 

san’at asarlari; 

— 

o‘quvchilarning tasviriy faoliyatlari; 



— 

bayramlar, ko‘ngilochar tadbirlar, urf-odatlar, an’analar; 

— 

ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling