Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

 

Estetik hissiyot hayot hodisalarini yoki san’at asarlarini estetik idrok etish jarayonida 

paydo bo‘ladi. 

Estetik  hissiyot  shu  idrok  yuzaga  keltiradigan  o‘ziga  xos  kechinmadan  iborat  bo‘lib, 

go‘zallikni  va  yuksaklikni,  fojiaviylik  yoki  kulgililikni  his  qilish  sifatida  yuz  beradi. 

Insonning  hayotga  estetik  munosabati  nozik  hissiyot  tarixiy  taraqqiyot  mahsulidir.  U 

jamiyat estetik ongining darajasini aks ettiradi. 

Estetik did turli estetik hodisalarga nozik baho berish, avvalo, chiroylilikni, go‘zallikni 

xunuklikdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatidir. San’at asarlariga baho beriladigan 

hollarda  estetik  did  badiiy  did  ham  deb  ataladi.  Yaxshi  estetik  did  chinakam  go‘zallikdan 

lazzat ola bilish, mehnatda, turmushda,  yurish-turishda, san’atda  go‘zallikni idrok  etish va 

yaratishga  ehtiyoj  sezish  demakdir.  Aksincha,  yomon  estetik  did  insonning  voqelikka 

estetik  munosabatini  buzadi,  chinakam  go‘zallikka  uni  loqayd  qilib  qo‘yadi,  ba’zan  esa 

hatto  shunga  olib  keladiki,  inson  xunuk  narsadan  lazzat  oladigan  bo‘ladi.  Rivojlangan 

estetik didni shakllantirish — estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. 

Ta’lim-tarbiyaning  boshqa  shakllari  kabi  estetik  tarbiya  ham  o‘z  diqqat-e’tiborini 

yakka  odamga  va  ijtimoiy  guruhga  qaratadi.  Estetik  tarbiya  umuminsoniy  va  milliy 

qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, 

tasavvurlariga,  e’tiqodiga,  dunyoqarashiga,  xatti-harakatlariga,  xulq-atvoriga  ta’sir 

o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yadi. 



Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal 

qilib,  ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatga  molik  hodisani  anglatadi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki, 

qadimgi  dunyoda  umuman  tarbiya  maqsadi  estetik  asosda  namoyon  bo‘lgan.  Masalan, 

qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarni har tomonlama rivojlanishga, «ruh 

va badan» hamohangligini qaror toptirishga yo‘naltirilgan edi. 

Aflotun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining 

bir-biridan farqli tomonlari bo‘lgani holda umumiylik ham mavjud bo‘lib, u  yagona estetik 

orzuni  qaror  toptirishga,  yagona  axloqiy  xulq-atvor  va  fuqarolik  xislat-fazilatlarni 

shakllantirishga xizmat qilgan edi. 

Bugungi kunda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. 

Birinchidan,  mustaqillik  sharoitida  inson  omili  ortib  bormoqda,  hayotning  barcha 

jabhalarida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  insonlarning  ezgu  xislat-fazilatlari,  ongliligi,  faolligi, 

ijodiy qobiliyatlari o‘smoqda. 

Ikkinchidan,  O‘zbekiston  aholisining  ko‘pchiligining  umumiy  madaniyati  yuksalib 

borishi  jarayonida  yangi  texnika  va  texnologiyalar,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  ishi 

tobora takomillashib boryapti. 

Uchinchidan,  yangi  ishlab  chiqarish  munosabatlari,  bozor  iqtisodiyotining  keng  o‘rin 

egallab 


borayotganligi, 

qonunchilikning 

yanada 

rivojlanib, 

amal 

qilayotganligi 



fuqarolarning  umumiy  madaniyati,  ayniqsa,  estetik  madaniyati  darajasining  yuksalib 

borishini taqozo etmoqda. 

To‘rtinchidan,  hozirgi  davr  ilmiy-texnika  inqilobi  sharoitida  elektronika,  avtomatika, 

kibernetika,  informatika  kabi  fanlar  ishlab  chiqarish  sohasini  tubdan  qayta  qurishga 

imkoniyatlar  yaratib  berayapti.  Bu  hol  ishlab  chiqarishda  band  bo‘lgan  odamlarning  ruhiy 

holatining  ham  tubdan  o‘zgarishini,  ijtimoiy-ruhiy,  axloqiy-estetik  saviyasini  oshirishni 

taqozo etmoqda. 

Beshinchidan,  radio,  matbuot,  ayniqsa,  «oynai  jahon»  kabi  ommaviy  axborot 

vositalarining turmushdan keng o‘rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin 

ortib borishi estetik tarbiyaga yanada ko‘proq e’tibor berishni talab etmoqda. 

Avvallari  estetik  tarbiya  o‘ta  tor  va  bir  tomonlama  talqin  qilinar,  ya’ni  uni  san’at 

asarlarini to‘g‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib, 

muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish doirasida in’ikos etilar edi. 

Badiiy  tarbiya  estetik  tarbiyaning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u  estetik  tarbiyaning  asosiy 

mazmuni va maqsad-yo‘nalishlarini to‘la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi 

munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir. 

Estetik  tarbiya  bilan  badiiy  tarbiyani  bir-biriga  tenglashtirish  ham,  qorishtirish  ham, 

qarama-qarshi  qo‘yish  ham  xato  bo‘lardi.  Shuni  esda  tutish  lozimki,  estetik  tarbiya  san’at 

bilan  chegaralanib  qolmaydi,  balki  uning  asosiy  mazmuni  insonning  voqelikka  estetik 

munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. 

Estetik tarbiya insonning estetik ongini  shakllantirish jarayonida uni axloqiy, mehnat, 

ekologik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi. 

Estetik  tarbiyaning  axloqiy  tarbiyaga  ta’siri  shundaki,  nafosat  olami  ezgulik  va 

yaxshilikdan,  beg‘arazlikdan  ajralmagan  holda  amal  qiladi.  Estetik  tarbiyaning  mehnat 

tarbiyasi  bilan  birlashib  ketishi,  mehnat  jarayoni  shaxsning  tabiiy  ehtiyojiga  aylanib 

borishida o‘z ifodasini topadi. 

Estetik  tarbiya  bilan  ekologik  tarbiya  bog‘liqligi  esa  tabiatga  beg‘araz,  insoniy 

munosabatda  bo‘lishda,  jamiyat  bilan  tabiat  o‘rtasida  hamohang  aloqadorlik 

munosabatlarini o‘rnatishda namoyon bo‘ladi. 



Shunday qilib, estetik tarbiya — bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo‘lgan 

inson shaxsini shakllantirish demakdir. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzu 

mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga 

qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya sohasidir. 

Estetik  tarbiyaning  eng  muhim  vositasi  sifatida  san’at  nafaqat  badiiy  qadriyatlarni 

idrok  qilish,  balki  ularni  yaratishni  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Badiiy  qadriyatlarni  yaratishda 

jamiyat a’zolarining, ayniqsa,  yosh avlodning faol ishtirok etishi muhimdir. Buning uchun 

esa ularda estetik did-farosat va estetik talab-ehtiyojlari rivojlangan bo‘lishi zarur. 

Estetik  tarbiya  ijtimoiy  faol,  har  tomonlama  va  hamohang  rivojlangan  shaxsni 

tarbiyalash  maqsadiga  xizmat  qiladi.  Yoshlarni  har  tomonlama  ham  aqlan,  ham  jismonan 

barkamol,  axloqan  yetuk,  ma’naviy  pok,  estetik  idrokli  qilib  tarbiyalashdek  muhim  va 

dolzarb muammolarni hal etishni taqozo qiladi. 

Estetik  tarbiya  shaxsning  estetik  kamolotiga  ta’sir o‘tkazadigan  tashqi  va  ichki shart-

sharoitlarga  bog‘liqdir.  Estetik  tarbiya  vositalari  deb,  shaxsning  voqelikka  estetik 

munosabatini  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan  tarbiyaviy  faoliyat  shakllariga  aytamiz. 

Estetik  tarbiya  omillari  va  vositalari  o‘rtasidagi  chegara  nisbiy  va  shartlidir.  Muayyan 

sharoitlarda  estetik  tarbiya  omillari  estetik  tarbiya  vositalari  vazifasini  o‘tashi  va  aksincha 

bo‘lishi ham mumkin. 

Yoshlarni  go‘zallikka  oshno  qilish,  ularda  hayotiy  voqealarni  to‘g‘ri  tushunish 

olijanob  his-tuyg‘ularni  va  intilishlarni  shakllantirishga  yordam  beradi.  Yoshlarda 

go‘zallikni  idrok  qilishni  tarbiyalash  orqali  ularda  boshqa  kishilarning  kechinmalarini  his 

eta  bilish,  kishilarning  xursandchiliklariga  sherik  bo‘lish,  qayg‘usini  birga  baham  ko‘rish 

kabi xususiyatlar shakllantiriladi. 

Ayrim  yoshlar yasama, sun’iy «go‘zallik» bilan o‘zlarini badbashara qilib qo‘yadilar, 

ular  haqiqiy  go‘zallik  yuzning  tabiiy  latofatida,  sodda  va  xushbichim  kiyimda  ekanini 

unutib  qo‘yadilar.  Kishining tashqi  go‘zalligi kiyim  ranglarining bir-biriga  mos  kelishida, 

tabiiylik va soddalikda yaqqol ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanmagan holda husniga tabiiy latofat 

va  nafosat  beradigan,  ayrim  kamchiliklarini  bilintirmay  ketadigan  ust-bosh  kiygan  inson 

ko‘rkam va go‘zaldir. 

Insonning  did-farosati  kiyim-boshida,  xatti-harakatlarida,  o‘zini  tuta  bilishida  ko‘zga 

tashlanadi.  Samimiy,  oqko‘ngil,  o‘ziga  talabchan,  tarbiyalangan  inson  tashqi  ko‘rinishida 

sun’iylik,  qalbakilikni  ko‘rsatuvchi  biron-bir  bema’nilikka  yo‘l  qo‘ymaydigan  tarzda 

kiyinishga, o‘zini shunga munosib tutishga harakat qiladi. Didli-farosatli kishi hamisha ana 

shu  qiyofani  saqlab  qoladi.  Tashqi  qiyofaga  e’tibor  berish  ichki,  ma’naviy  go‘zallikning 

ifodasi hisoblanadi. 

Estetik  taraqqiyot  shaxsning  estetik  ongi  va  estetik  faoliyatining  shakllanishi  va 

takomillashuvida  uzoq  vaqtni  talab  etadigan  jarayondir.  Shaxsning  estetik  taraqqiyoti 

ijtimoiy-tarixiy  va  estetik  tajribani  ijodiy  o‘zlashtirish  natijasida  yuzaga  keladi.  Bu  har  xil 

yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ta’lim 

va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling