Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Mehnat—estetik  tarbiyaning  asosiy  vositasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Mehnat—estetik  tarbiyaning  asosiy  vositasi.    Ma’lumki,  har  birimizni  xilma-xil 

murakkab  va  jozibador  go‘zalliklar  dunyosi  qurshab  olgan.  Go‘zallik  tabiatda,  mehnatda, 

insoniy  munosabatlarda,  san’atda  namoyon  bo‘ladi.  Go‘zallik,  ayniqsa,  yoshlik,  o‘smirlik 

davrida,  shaxsning  ma’naviy  dunyosi  tarkib  topishi  jarayonida  ko‘proq  maftun  etadi.  Shu 

tufayli  ham  teatr  va  kinoteatrlarda,  konsert  va  ko‘rgazmalarda  ko‘pincha  yoshlarni 

uchratishimiz mumkin. 

Insonning  go‘zalligi  mehnati  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Mehnat  takomillashgan  sari, 

ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnika zimmasiga o‘tgani sari, ularning ko‘ngilli va ijodiy 

tabiati  ortib  boradi.  Shu  tariqa  mehnat  estetik  tarbiyaning  eng  muhim  omili  bo‘lib  qoladi. 

Chunki  qoloq  ishlab  chiqarish  texnikasi  va  texnologiyasi  sharoitida  mehnat  turi  insonga 

estetik ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z 

mehnatidan  moddiy  va  ma’naviy  manfaatdor  bo‘lsagina,  bu  mehnat  estetik  tarbiya  omili 

bo‘la oladi. 

Shaxs  hayotida  mehnatning  estetik  ta’sirini  kuchaytirishda  ishlab  chiqarish 

jarayonlariga estetik texnika (dizayn)ni keng ravishda joriy qilish kerak bo‘ladi. Bu esa, o‘z 

navbatida,  ishlab  chiqarish  muhitini  nafosat  qonunlariga  mos  tarzda  qayta  qurishni  taqozo 

etadi.  Mehnat  sharoitlari  va  vositalariga  estetik  mazmun  baxsh  etish  omili  insonni  estetik 

kamol  toptirish  bilan  birga,  uning  foydali-amaliy  vazifalarini  ham  kengroq  doirada 

bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligi va 

sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. 

Go‘zallik  hamisha  insonga,  jamiyat  taraqqiyotiga  ma’naviy  foyda  keltiradi.  Estetik 

tarbiyada shaxs  estetik  madaniyati shakllanishining tashqi va ichki  omillari  uyg‘unligidan, 

tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos usullaridan foydalanilgandagina mo‘ljaldagi samaralar va 

muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 

Mustaqil  O‘zbekiston  davlati  fuqarolarining  estetik  ongini  oshirish  estetik  tarbiya 

oldidagi  dolzarb  vazifa  bo‘lib,  u  estetik  madaniyatni  yanada  yuksaltirishga,  estetik  talab-

ehtiyojlar va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling