Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Turmush  estertikasi.  Inson  —  ijtimoiy  hodisa.  Lekin  u  hamisha  tabiat  bilan 

aloqadorlikda  shakllanadi.  Shu  tariqa  insoniy  madaniyati  ham  vujudga  keladi.  Madaniyat 

haqida  gapirar  ekanmiz,  ichki  va  tashqi  madaniyatni  farqlash  lozim.  Ichki  madaniyat  — 

insoniyat  ma’naviy  boyligi,  aqliy  va  axloqiy  rivojlanganligi  darajasi,  dunyoqarashi, 

hissiyoti, vijdon, imon va diyonat, ezgulik va hamdardligidir. 

Tashqi  madaniyat  —  axloq  qoidalari,  yurish-turish,  xattiharakat,  odob  normalariga 

rioya  qilish.  Shuningdek,  shaxsning  tashqi  madaniyatiga  so‘zlashish,  kiyinish  madaniyati 

ham  kiradi.  Insonlarda  ichki  va  tashqi  madaniyat  uzviy  bog‘liq  holda  rivojlansa,  shaxs 

barqarorligi,  insonning  munosabatlari  go‘zalligi,  yigit-qizlar  munosabati,  do‘stlik  va 

o‘rtoqlik  munosabatlari  odoblilik  doirasida  tarkib  topadi.  Do‘stlik,  muhabbat  umumiy 

manfaat  xayrixohlikka  asoslangan  o‘zaro  bog‘liqdir.  Odob  tuyg‘usi  rivojlangan  insonlar 

go‘zal  xatti-harakat  sohibiga  aylanadilar.  Tavoze,  odob,  ohistalik,  ehtiyotkorlik,  chiroyli 

muomala zaruriy jihat ekanligini ta’kidlash lozim. Insonning tashqi qiyofasi uning umumiy 

madaniyati  va  saviyasidan  dalolat  beradi.  Odamlar  orasida  go‘zal  va  zamonaviy  bo‘lish 

istagi  yoshlikning  asosiy  intilishidir.  Lekin  tashqi  qiyofa  go‘zalligi  uchun  intilish  yagona 

maqsad bo‘lmasligi lozim. Shu bilan birga insonning did bilan kiyinishi ham san’atdir. 

Moda  —  ijtimoiy  hodisa.  U  faqatgina  kiyimda  namoyon  bo‘lmaydi.  Moda  har  doim 

kimgadir,  nimagadir  taqlid  qilish  ehtiyojidir.  Moda  bo‘lgani  uchun  shu  rangni  tanlash, 

hamma kiygani uchun shu kostyumni kiyish, moda bo‘lgani uchun uyni shunday mebellar 



bilan  jihozlash,  moda  bo‘lgani  uchun  shunday  so‘zlashish  kishilar  orasida  urf  bo‘lgan. 

Ammo madaniyatli kishilarning o‘z madaniy saviyalaridan kelib chiqib modaga munosabat 

bildirishlari ham tarbiya ko‘rsatkichidir. 

XXI  asr  ommaviy  madaniyati  zamonaviy  qiyofada  go‘yo  rivojlangan  madaniy 

dunyoga  integratsiyalashish  niqoblari  ostida  namoyon  bo'lmoqda.  Bu  niqoblar  ostidagi 

salbiy holatlar va ular shakllantirishi mumkin bo'lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar 

orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.  Shu munosabat bilan O’zbekiston 

Respublikasining 

Prezidenti 

Sh.Mirziyoyev: 

«Ammo 

farzandlarimizning  ongi, 



dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan,  yuksak ma’naviyat manbayi bo‘lgan jahon 

va  milliy  adabiyotimiz  asosida  emas,  balki  biz  uchun  yot  bo‘lgan  g‘oyalarni  yoshlarimiz 

ongiga  singdirayotgan  zararli  axborotlar  asosida  shakllanishiga  men  mutlaqo qarshiman»

3



— deb ta'kidlaydi.  

Ommaviy  madaniyat  eng  avvalo,  milliy  estetik  tarbiyaga  zarba  berib,  jamiyatning 

g‘oyaviy tizimini izdan  chiqarishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik tarbiya aynan  shunday 

holatga  qarshi  maqsad  yo‘lida  yosh  avlodni  milliylikka  zid  bo‘lmagan  estetik  ideal 

timsolida,  yuksak  didli  qilib  tarbiyalash  bilan  dolzarb  vazifa  bo‘lib  qolmoqda.  «Ayniqsa, 

hozirgi  murakkab  va  tahlikali  zamonda  milliy  o‘zligimiz,  azaliy  qadriyatlarimizga  yot  va 

begona  bo‘lgan  turli  xil  xurujlar,  yoshlarimizning  ongi  va  qalbini  egallashga  qaratilgan 

g‘arazli  intilishlar  tobora  kuchayib  borayotgani  barchamizni  yanada  hushyor  va  ogoh 

bo'lishga  da'vat  etishi  tabiiydir.  Shu  sababli  yoshlar  o‘rtasida  sog‘lom  turmush  tarzi 

tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har 

xil  zararli  ta’sirlardan, «ommaviy  madaniyat»  niqobi  ostidagi tahdid  va  xatarlardan asrash 

masalalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor»

4

. «Ommaviy madaniyat» 



illat 

sifatida 

haqiqat, 

go‘zallik, 

ezgulik 

singari 


muqaddas 

tushunchalarni 

umumiste’molchilik  ehtiyoji  bilan  bog‘lab,  iste’mol  va  tovar  sifatida  xaridorgir  bolishiga 

qaratilgan  maqsadni targ‘ib qiladi.  Bu  esa  pirovardida  «bozor adabiyoti»,  «bozor san’ati» 

degan  ma’naviyatga  tahdid  soluvchi  hodisalarning  «gullab-yashnashi»  uchun  imkon 

yaratadi. 

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling