Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. 

 

Estetikaning  zamonaviy  muammolari  xaqida  so’z  yuritar  ekanmiz  birinchi  navbatta 



eng  asosiy  estetik  muammo  xisoblangan  estetik  tarbiya  borasida  fikr  yuritishni  lozim 

topdik. 


Estetik  tarbiya  —  insonning  voqelikdagi  va  san’atdagi  go‘zallikni  idrok  etish, 

tushunish  va  qadriga  yetish  qobiliyatini  o‘stiradi.  Estetik  tarbiya,  shuningdek,  insoniyat 

faoliyatining har qanday sohasida estetik boyliklar yaratish, ya’ni go‘zallik qonuni bo‘yicha 

ijod qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Estetik tarbiya ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq. 

Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi — jamiyat a’zolarining har tomonlama mukammal 

rivojlanishlari uchun go‘zallikni to‘laqonli his etishga ko‘maklashishdan iboratdir. 

Estetik tarbiyaning hayotiy omillari faqat estetika, madaniyat, san’at, adabiyotdangina 

iborat  emas.  Ijtimoiy  ong  ko‘rinishlari  va  estetik  qarashlar  bilan  bir  qatorda,  iqtisodiy  va 

siyosiy  munosabatlar,  turmush  va  texnika,  sport  va  milliy  urf-odatlar  ham  nafosat 

tarbiyasining nihoyatda muhim omillaridandir. 

Estetik tarbiyani to‘la amalga oshirmay turib axloqiy, g‘oyaviysiyosiy tarbiya asosida 

rivojlangan barkamol shaxsni voyaga yetkazib bo‘lmaydi. 

Estetik  tarbiyaning  asosiy  ma’nosi  va  vazifasi  kishilarda  dunyo  go‘zalligi  to‘g‘risida 

his-tuyg‘ular,  tasavvur  va  fikrlarni  tarbiyalash va  takomillashtirish  orqali inson  shaxsining 

har tomonlama va uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat. 

Estetik  tarbiya,  eng  avvalo,  tabiat  va  jamiyatda  hamda  san’at  asarlarida  go‘zallikni 

ko‘ra bilish, uni to‘g‘ri tushunish va qadrlash qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. U hayot va 

mehnatning  barcha  tomonlariga  go‘zallik  ato  etish  qobiliyatini  tarbiyalash,  hayot  va 

san’atda  bema’nilikka,  xunuklikka  qarshi  kurash  hamda  qobiliyatiga  qarab  san’atda 

o‘zining ijodiy kamolotini ko‘rsatishni nazarda tutadi. 

Estetik  tarbiyaning  asl  mohiyati  insonni  real  dunyoda  mavjud  bo‘lgan  go‘zallikni 

to‘g‘ri idrok qilishga va hayotda haqiqiy go‘zallik uchun kurashga o‘rgatishdan iboratdir. 

Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: 

Birinchidan, inson o‘zining  mehnat  faoliyati  natijasida voqelikni  estetik o‘zlashtiradi. 

Undagi go‘zalliklarni kashf etadi va idrok qiladi. 

Ikkinchidan, estetik tarbiya ishining barcha usul va vositalari kishida to‘g‘ri estetik fikr 

va  idrok  qilishni  rivojlantirishga  qaratilmog‘i  lozim.  Ya’ni,  kishining  estetik  bahosi, 

mulohazasi  va  idroki  voqelikda  mavjud  bo‘lgan  go‘zallikni  yoki  xunuklikni  to‘g‘ri  aks 

ettirishi kerak. 

Uchinchidan,  estetik  tarbiya  kishida  har  tomonlama  va  keng  estetik  did  va 

manfaatlarni  rivojlantirishni,  kishilarni  har  qanday  xunuklik,  yaramaslikka  nafrat  ko‘zi 

bilan qarash, go‘zallikni ijod qilish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Estetikaning  maqsadi  —  insonda  hayotdagi,  san’atdagi  go‘zalliklarni  umumjahon 

qadriyatlari nuqtai nazaridan idrok eta bilish va baho bera olish qobiliyatini tarbiyalash va 

o‘stirishdan iboratdir. 

Biz  estetik  jihatdan  yaxshi  tarbiya  olgan  odam  deb,  o‘z  mehnati  bilan  hayot 

go‘zalligiga go‘zallik qo‘shuvchi, mehnat va ijtimoiy faoliyatini estetik kamolot darajasiga 

ko‘taruvchi komil insonni tushunamiz. 

«Agar  kishini  turmush  ustozi  dono  qilmasa,  hech  dono  unga  so‘z  o‘rgatmoq  uchun 

ovora  bo‘lmasinki,  mehnati  zoye  ketadi»,  deydi  Kaykovus.  Demak,  kishini  tarbiyalashda 

hayotiy  ta’sirning  roli  Kaykovusning  diqqatidan  chetda  qolmagan.  Yana  u  tarbiyani  inson 

aqlini,  shaxsiy  hayotini  shakllantiruvchi  omillardan  deb  biladi.  Uning  fikricha,  dunyoni 

bilishdan maqsad undan foydalanishdir. 



Oddiy  musiqa  kuyi,  chiroyli  gullar,  suratlar  dastlabki  estetik  kechinmani  keltirib 

chiqaradi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi, avvalo, ularning 

«ko‘rish»,  «eshitish»,  tabiat  ko‘rinishlari,  atrof-muhitdagi  go‘zallikni  ajrata  bilish  va 

baholash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Buning uchun ashula, musiqali o‘yin, rasm 

solish,  haykalchalar  yasash  mashg‘ulotlari  keng  qo‘llaniladi.  Estetik  tarbiya  aqliy,  axloqiy 

va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. 

Estetik  tarbiya  yosh  avlodning  axloq  madaniyatini  shakllantirishda  muhim  rol 

o‘ynaydi.  San’atga  ehtiyojni,  uni  tushunishni,  badiiy  ijodda  faol  qatnashishga  intilishni 

tarbiyalash  estetik  tarbiyaning  birinchi  navbatdagi  vazifasidir.  O‘z  navbatida  san’at  ham 

biror maqsadga qaratilgan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling