Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Ekologik  estetika.    Globallashuv  jarayonida  yangi  estetik  qadriyatlar  qaror  topib 

bormoqda. Bu insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Hegelning, 

tabiatda  ideal  yo‘q,  shu  sababli  u  ikkinchi  darajali  go‘zallik  turi,  degan  fikri  estetikada 

hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo'ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm 

ta'limotida  keng  e'tirof  etildi.  Natijada  uzoq  yillar  mobaynida  tabiat  estetikasiga  e'tibor 

qaratilmadi.  Biz  me'moriy  obidalarni  asrash,  tiklash  haqida  qayg‘urdik,  ularni  estetik 

qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik. 

Hozirgi kunda shu narsa aniq boldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb 

bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur 

qilish  mumkin  emas.  XXI  asrda  olamni  bilish,  voqelikni  estetik  o‘zlashtirish  bilan  bir 

qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning 

yaratuvchanIk  faoliyati  yuksalishi  barobarida  estetik  qadriyatlarga  nisbatan  munosabati 

tubdan o‘zgarmoqda.  Bu  o‘z  navbatida  inson  mohiyatan  eng oliy  qadriyat  ekanligi,  inson 

manfaatlarining  ustuvorligini  ta'minlash  barcha  islohot  va  evrilishlarning  bosh  maqsadiga 

aylanganligi bilan belgilanadi. 

Insoniyatni  o‘rab  turgan  borliq,  tabiiy  va  ijtimoiy  atrof-muhit,  tirik  va  notirik 

tabiatning  eng  muhim  tomonlarini  ifodalaydigan  qadriyatlar  umumbashariy  xususiyatga 

egadir.  Bunday  qadriyatlar  jamiyat  uchun  hech  qachon  o‘z  ahamiyatini  yo'qotmaydigan, 

abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. 

Tabiat  muqaddas  bir  dargoh,  inson  ko‘z  ochib  ko‘rgan  dunyo,  ona  zamin, 

insoniyatning umumiy uyi. Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga 

yo‘l qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha 




xalqlarning  manfaatlariga  mos  bo‘lib,  sivilizatsiyaning  hozirgi  kuni  va  kelajagi  ana  shu 

muammoning  hal  qilinishiga  bog‘liqdir.  Bu  esa  odamlarning,  xalqlar  va  millatlarning 

ma’naviyatini  yuksaltirish,  tabiatga  estetik  munosabatini  shakllantirishni  taqozo  etadi. 

Negaki  voqelikka  estetik  munosabatda  bo‘lish  tabiatga  bo‘lgan  muhabbatdan  boshlanadi. 

Tabiat  uning  o‘zini  gavdalantiruvchi  barcha  san’at  turlari  uchun  bitmastuganmas  shakllar 

manbayi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 

Inson  bilimining  ortishi,  tabiat  hodisalarining  mohiyatini  aniqlash,  qonuniyatlarini 

o‘rgana  borish,  texnikaning  taraqqiyoti  inson  qudratini  oshirishi  natijasida  tabiat  ustidan 

hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. XXI asrga 

kelib  tabiat  va  inson  o‘rtasida  yangicha  muloqot  vujudga  kelmoqda.  Inson  tabiatning 

hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik 

oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. 

Hozirgi  zamonning  eng  katta  muammolaridan  biri  ekologiya  ekanligi,  uni  hal  etish 

barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p 

jihatdan  ana  shu  muammoning  hal  qilinishiga  bogliqligi  hammamizga  ayon  haqiqat. 

Xalqimiz  yaqin  o‘tmishda  boshidan  o‘tkazgan  totalitar,  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi 

sharoitida atrof-muhitga bepisand munosabatda bo‘linib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha 

foydalanishga  zo‘r  berilgan  edi.  O’sha  davr  bizga  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi 

genofondiga  salbiy  ta’sirni,  biologik  xilma-xillikning  qisqarishi,  katta  hajmdagi  sanoat  va 

boshqa  chiqindilarning  ko‘payishi,  cho‘llanish,  yer  va  suv  resurslari  degradatsiyasi,  Orol 

dengizi  haloqati  kabi  mintaqaviy  va  global  miqyosda  yec  zarur  bo‘lgan  muammolarni 

meros  qilib  qoldirdi.  Bu  muammolar  inson  hamda  uning  manfaatlari  himoyasi,  birinchi 

navbatda,  soglom  va  musaffo  atrof-muhitga  ega  bo‘lish  huquqini  ta’minlash  jarayoni 

amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  o‘zagini  tashkil  etgan  O’zbekiston  uchun  atrof  tabiiy 

muhitni asrab-avaylashni va uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling