Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Dizaynning  estetik  xususiyatlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Dizaynning  estetik  xususiyatlari.  Italyanchada  loyiha,  rasm  ma'nolarini  anglatuvchi 

disegno  so‘zi  o‘rta  asrlarda  inson  tabiatida  mavjud  bo'lgan  ijodkorlik  xususiyatlarini  ham 

ifodalagan. Ammo ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi Djozef 

Sinelo  tomonidan  sanoatda  ishlab  chiqarilgan  narsalar  namunasiga  nisbatan  qollanilgan. 

Bunda  u  aniqroq  ifodalash  uchun  industrial  so‘zini  kiritib  «industrial  design»  sanoatga, 

uning  taraqqiy  etgan  mashina  texnikasi  va  seriyali  ishlab  chiqarishga  yo‘naltirilgan  yangi 

badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qo‘llaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu 

termin xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi. 

Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish 

maqsadiga  qaratilgan  loyihalash  faoliyati  bo‘lsa  bugunga  kelib  inson  faoliyatining  barcha 

yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. 

Narsa  va  predmetlar,  atrof-muhitni  loyihalar  ekan  dizayner  ayni  paytda  inson  va  uning 

hayot tarzini ham loyihalaydi. 

Dizaynning  eng  asosiy  estetik  xususiyatlaridan  biri,  mahsulot  sifatini  oshirishning 

ta'sirchan  vositasi  ekanligidadir.  U  ilmiy  tafakkurning  so'nggi  muvaffaqiyatlarini  o‘zida 

gavdalantiradigan,  eng  yuksak  texnikaning  iqtisodiy,  estetik  va  boshqa  iste’molchilik 

talablariga  javob  beradigan,  jahon  bozorida  raqobatbardosh  boiishi  kerak,  bunda  esa  hal 

qiluvchi omil dizayndir. 

Dizayn  bugun  jamiyatning  ilmiy-texnik  va  estetik  darajasini  ham  ko‘rsatadi.  Bu  biz 

kundalik  amaliyotimizda  qo‘llaydigan  mehnat  qurollaridan  tortib,  uy  jihozlari-yu, 

kommunikatsion vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. 

Bugungi  kunga  kelib  dizayn  kirib  bormagan  sohaning  o‘zi  yo‘q.  Shaharsozlikdan 

tortib,  xonadonimiz  interer  (ichki  ko‘rinishi)  va  ekstereri  (tashqi  ko‘rinishi),  transportdan 



tortib, mehnat vositalarigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, daftar-

kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiroki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn 

so‘zining  o‘zi  inglizcha  chizish,  loyihalash  ma’nosini  anglatadi.  U  inson  moddiy  va 

ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  iste’mol  buyumlari  olamini  uyg‘unlashtirishga 

qaratilgan ijodiy faoliyatdir. 

Mustaqillikdan  so‘ng  aholi  turmush  darajasining  yuksalayotganligi,  estetik 

madaniyatning  takomillashib  borayotganini  kuzatish  mumkin.  Bunda  dizayn  katta  rol 

o‘ynamoqda.  Bugungi  dizayn  moddiy  ishlab  chiqarish  muhitini  estetik  qayta  qurish,  uni 

xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qilmoqda. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling