Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Xalq  amaliy  san’ati  va  dizayn


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Xalq  amaliy  san’ati  va  dizayn.  Ma'lumki,  mavjud  barcha  san’at  asarlari  o‘z 

o‘quvchisiga,  tinglovchisiga  yoki  tomoshabiniga  o‘tkazadigan  badiiy,  estetik,  ruhiy  ta’siri 

orqali bilim beradi, tarbiyalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga 

xos  bo‘lib,  ularni  boshqa  hech  narsa  bilan  solishtirib  bo‘lmaydi.  Ya’ni  bunday  san’at 

asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini 

belgilaydi. 

Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Shahrisabz,  Termiz,  Toshkent,  Qo‘qon  va  boshqa 

shaharlardagi  me'morchilik  va  xalq  amaliy  san’ati  yodgorliklari  o‘tmish  ajdodlarimiz 

yaratgan  barkamol,  takrorlanmas  va  tarixan  bebaho  asarlarning  namunalari  bo‘lib, 

xalqimizning  va  shu  bilan  birga  jahon  madaniyatining  durdonalaridan  bo‘lgan  badiiy  va 

madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy san’ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, 

ba  diiy-estetik  didini  shakllantiradi,  ruhiyatini  tarbiyalaydi.  Shuning  uchun  ham  o‘zbek 

xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning 

ilmiy  dunyoqarashini  shakllantirishda  ham  madaniy  darajasini  yuksaltirishda  eng  zarur 

manbalardan hisoblanadi. 

Bugungi  zamonaviy  inshootlar  kabi  turar-joylarda  amaliy  san’atning  bir  qancha 

turlarini  ko‘rish  mumkin.  Turar-joylarning  turli-tuman  badiiy-texnologik  usullarda 

namoyon  etilgan  badiiy  bezak  turlari,  O’zbekiston  me’morchiligida  ham  muhim  o‘rin 

tutadi.  Intererlarning  badiiy  bezatilishda  asosiy  ahamiyat  devoriy  naqqoshlikka  qaratilgan 

bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. 

Yog‘och  o‘ymakorligi  faqat  intererning  sirtida  namoyon  bo‘lib  qolmay  turli  shakl  va 

kompozitsiyalarda  ham  aks  etadi.  Bu  interer  uchun  ishlangan  stol,  stullar,  xontaxtaning 

nafaqat  shaklining  bejirimligi  balki  yog‘och  fakturasining  go‘zalligi  va  ularga  berilgan 

ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar-

joy  me’morchiligida  O’rta  Osiyo  me’morchiligi  amaliyotida  qo‘llanilgan  badiiy 

bezaklarning  deyarli  barcha  turlari  mavjud:  suvalgan  devor  ganch  naqqoshligi  hamda 

o‘yrnakorligi shular jumlasidandir. 

Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, 

bu  o‘zbek  xonadonini  bezatishda  muhim  jihatlardan  hisoblanadi.  Ko‘pincha  naqqoshlik 

ganch  o‘ymakorligi  bilan  muvofiqlikda  bajariladi.  Ayniqsa,  Toshkentda  keng  tarqalgan 

o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab 

uchratish  mumkin.  Bu  lavhalar  faqatgina  bezak  emas  o‘z  falsafiy  ma’nosiga  egadir. 

Masalan,  majnuntol  —  sevgi  sog‘inchi,  anor  —  serhosillik,  lola  —  bahor,  gulsafsar 

osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. 

Mustaqillik  yillarida  shaharsozlik  beqiyos  o‘zgarishlarga,  taraqqiyotga  yuz  tutdi. 

Shaharlarda  nafaqat  tarixiy  obidalar  qayta  tiklandi,  balki  ziyoratgohlar  obodonlashtirildi, 

qator  zamonaviy  kasb-hunar  kollejlari,  maktablar,  zavodlar,  fabrikalar,  sport  maydonlari, 

shifoxonalar,  mehmonxonalar,  istirohat  bog‘lari,  xiyobonlar,  bozorlar,  yo‘llar,  ko‘priklar, 

savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi. 



Ayniqsa  keyingi  yillarda  bu  sohada  muhim  o‘zgarishlar  bo‘ldi.  Turar-joylarni 

takomillashtirish,  badiiy  loyihasini  muhandis,  dizayner  mutaxassislar  yordamida  qulay, 

chiroyli,  shinam  bolishiga  erishish  uchun  maxsus  loyihalar  qabul  qilinmoqda.  Zamonaviy 

shaharsozlik  dizaynini  takomillashtirish  uchun  «Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo‘mitasi 

tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, 

kapital  qurilishdagi  nomutanosiblik  va  muammolarni  bartaraf  etish,  Shuningdek,  loyiha 

institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish» taqozo etiladi

2



Bugun 

O’zbekistonning  barcha  shaharlarida  katta  hajmdagi  qurilish  va 

obodonlashtirish  ishlari  olib  borilmoqda.  Viloyat  markazlari  Nukus,  Andijon,  Jizzax, 

Namangan,  Samarqand,  Buxoro,  Guliston,  Qarshi,  Termiz  kabi  shaharlarni  zamonaviy 

me’morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday 

keng  ko‘lamli  ishlar  natijasida  Samarqand  shahri  jahondagi  inson  o‘z  umri  davomida 

albatta  borib  ko‘rishi  zarur  bo‘lgan  50  shaharning  biriga  aylandi.  Buyuk  Britaniyaning 

«Ekonomist»  jurnalida  e’lon  qilinishicha  Toshkent  shahar  obodligi  va  yashash  uchun 

qulayligi  jihatidan  dunyo  reytingida  140  ta  shahar  orasida  58  o‘rinni  egalladi.  Bu 

misollarning  barchasi  madaniy  makonda  dizaynning  o‘rni  va  roli  ortib  borayotganini 

ko‘rsatadi.  Nafaqat  Toshkent,  balki  butun  O’zbekistonning  go‘zalligi  dunyoga  namoyon 

qilinmoqda.  Bunda  funksionallik  va  badiiylik,  foydalilik  va  go‘zallik,  tejamkorlik  va 

ta’sirchanlik,  qulaylik  va  shinamlik  kabi  dizayn  paradigmalari  madaniy  makonni 

shakllantirishning  asosiy  omili  boladi  va  dizaynning  insonparvarlik  maqsadini  namoyon 

etadi.  Bu  milliylik  va  umuminsoniylik  uyg‘unligi,  urf-odat  va  an'analar,  tarixiy  tajribaga 

asoslangan  holda  soglom  turmush  tarzi  va  qulay  sharoit  yaratib  berish,  bir  so‘z  bilan 

aytganda yurtimizdagi obodlik va farovonlik bilan belgilanadi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling