Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Tabiatning  estetik  jihatlari.  Darhaqiqat  estetik  go‘zalliklarning  xilma-xil 

ko‘rinishilari  orasida  tabiat  go‘zalligi  inson  uchun  hammadan  ko‘ra  yaqinroq  va 

tushunarliroqdir.  Tabiat  bilan  yaqin  bodishga  ichki  bir  intilish,  undagi  go‘zallik,  nafosat 

olamiga  oshno  bo‘lish  barcha  uchun  xosdir.  Tabiat  butun  tabiiy  xilma-xilligi  bilan  bizni 

o‘rab  turgan  dunyo  demakdir.  Jonli  va  jonsiz  tabiat  o‘zining  murakkab  qonunlari  asosida 

yashaydi va rivojlanadi. 

Tabiat  estetikasi  insonga  tabiiy  go‘zallik  va  uyg‘unlikni  ko‘rish  va  qadrlashni 

o‘rgatadi. Tabiatdagi har bir hodisaning go‘zal va takrorlanmasligini sezish mumkin. Inson 

tabiatdagi  go‘zallikni  avvalo  ko‘rish  orqali  idrok  etadi,  uni  tabiatdagi  ranglar  va 

shakllarning  uyg‘unligi,  tabiiyligi  zavqlantiradi.  Masalan,  bahorda  olamning  gulga 

burkanishi,  yozda  o‘rmonlarning  yashillika  burkanishi,  kuzda  esa  olovdek  tovlanishi, 

barglarning qizg‘ish rangi, qishda oppoq qorga burkangan qir-adirlar barchaga estetik zavq 

beradi. 

Tabiat go‘zalligini his  etish va idrok etish  uchun uning uch  jihatini  tushunish  lozim. 

Bu  tabiiy  organizmning  o‘ziga  xos  tuzilishi,  uzaro  mutanosibligi,  doimiy  harakatda, 

rivojlanishda  bo‘lgan  jonli  organizmning  o‘ziga  xos  xususiyatini,  tabiiy  obektlarga  xos 

bo‘lgan  dekorativ  go‘zallik,  masalan,  kapalak  qanotlari,  yoki  tovus  patlaridagi  ajib  bir 

uyg‘unlik va go‘zallikni ajrata bilish lozim. Bu ayniqsa san’at orqali yetkazib beriladi. 

Tabiat  estetikasi  tabiatni  sevishni,  uning  go‘zalligiga  beg‘araz  munosabatda  bo‘lishni 

o‘rgatadi,  ya’ni  tabiatni  faqat  odamlar  uchun  yaratilgan  deb  emas,  uni  jamiyatdan 

tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling