Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan 

tushuncha  hisoblanadi.  Jumladan,  Aflotun  ojiz  va  layoqatsiz  odamlarni  kulgili  deb 

hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va 

zarar 


keltirmaydigan 

xunuklikni 

keltirib 

chiqaradi, 

deydi. 

Olmon 


mumtoz 

nafosatshunoslaridan  Immanuil  Kant  kulgililikning  tabiatini  latifa  misolida  ochib  berishga 

harakat  qiladi,  Fridrix  Shiller  hajviyani  veallik  bilan  ideallik  orasidagi  qarama-qarshilik 

orqali  ko‘rsatib  o‘tadi.  Heorg  Hegel  kulgililikning  asosini  zohiriy  ishonch  va  botiniy 

to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi. 

Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas'uliyatsizlik, izzattalablik, shuhratparastlik kabi 

illatlar  kulgililikning  obektlaridir.  Shuningdek,  kulgi  —  axloq  hududlarini  bezarar 

buzishdir.  Har  qanday  ozod  inson  hazil  bilan  ro‘baro‘  kelishi  mumkin.  Bu  holatda  kulgi 

insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona 

mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari faqat obektiv tomonga ega bo‘lmay, 

subektiv  tomonlarni  ham  o‘zida  birlashtiradi.  Kulgililikning  subektiv  tomoni  —  keng 

ma'nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. 

Bugungi  kunda  milliy  g‘oya  va  milliy  mafkura  hayotiy  ehtiyoj  darajasiga  kо‘tarildi. 

Shunday ekan, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi, о‘zini jamiyatning ajralmas qismi 

deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bо‘ladigan bо‘shliq pirovardida 

jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning 

nafosatli  shakli  esa  mazkur  jarayonlarda  yosh  avlodni  gо‘zallik  haqidagi  tuyg‘ularini, 

tabiatga  bо‘lgan  munosabatini,  badiiy  adabiyotga  qiziqishini,  jamiyat  ma’naviy  rivojidagi 

yangicha  qarashlarni  gо‘zallik  va  ulug‘vorlik  asosida  tarbiyalashdek  dolzarb  vazifani 

amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, 

Jamiyatni  ma’naviy  yangilashdan  kо‘zlangan  bosh  maqsad,  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi, 

xalq  erkinligi  va  farovonligiga  erishish,  komil  insonni  tarbiyalash,  ijtimoiy  hamkorlik  va 

millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi kо‘p-kо‘p masalalardan iborat» 

Hulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi, о‘zini 

jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Zero, bugungi kunning talabi ana shundan 

iborat.  Mazkur  talabga  javob  berish  esa  insondan  har  tomonlama  tarbiyalanganlikni  talab 

qiladi.  Tarbiyaning  nafosatli  shakli  esa  mazkur  jarayonlarda  insonni  gо‘zallik  haqidagi 

tuyg‘ularini, tabiatga bо‘lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyatga bо‘lgan 

qarashlarini gо‘zallik va ulug‘vorlik asosida tarbiya qilishi bilan diqqatga sazovordir. 

 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling