Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#230363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
6 mavzu maruza

Tubanlik  kategoriyasi.  Tubanlik  —  insonda  kuchli  nafratlanish  tuyg‘ularini  hosil 

qiluvchi  estetik  kategoriyadir.  Tubanlik  mohiyatan  insonga  xos  bo‘lib,  uning  faoliyatida 

namoyon bo'ladi. Tabiatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik inson 

fe’l-atvoridagi yovuzlik maylining qo‘zg‘alishi natijasida yuzaga keladi. 



Fojiaviylik  (tragediya)  kategoriyasi  —  voqelikning  eng  muhim,  chuqur  ziddiyat  va 

to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy 

va  ijtimoiy  munosabatlarni  o‘ziga  xos  tarzda  ifoda  etuvchi  falsafiy  tushuncha.  Deyarli 

barcha  buyuk  ijodkorlar  yaratgan  asarlarda  fojiali  ohanglar  mavjud.  Har  qanday  fojia 

zamirida muayyan fojiali to‘qnashuv, ziddiyat yotadi. Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar 

to'qnashuvining  natijasi  sifatida  bejiz  ta’riflamagan.  Chunki,  bu  to‘qnashuvlar  kurashi 

qanday  yakun  topishi  bilan insoniyat istiqboli,  axloqiy  taraqqiyot  uzviy  bog‘liqdir. Bu hol 

fojiani san'atning  falsafiy  jihatdan  eng  muhim  turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni 




butun  tarixi  davomida  hayajonlantiradigan  tub  hayotiy  masalalarni  o‘z  oldiga  qo‘yib,  hal 

qilish imkoniyatini yaratdi. 

Har  qanday  fojia  zamirida  keng  kolamli,  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadigan  muayyan 

fojiali  to‘qnashuv  yotadi.  Fojiaviylik  san’atda  turlicha  talqin  etilishi  mumkin.  Bu  hol 

mazkur janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari 

qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va 

ehtiroslarning  yuksakligi  kabilar  kiradi.  Fojia  tarixiy  davrning  burilish  paytlarida,  eski 

ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqidaqoidalar 

qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling