Tabiatda mavjud bolgan osimlik va hayvon turlarini muhofoza qilish
O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari
Download 54.59 Kb.
|
Boyqo’ziyeva Shahriniso 2116-guruh11111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlarni tabiatdagi orni.
O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
Noyob va yo`qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e`tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo`lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yo`li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega so`nggi yillarda insonning xo`jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta`sir kuchaydi. O`zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O`zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e`lon qilindi. O`zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo`lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qo`yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va boshqa hayvonlar yo`qolish arafasidadir. O`zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o`simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli to o`rmonlarining maydoni o`nlab marta qisqarib ketgan. To`qaylar va qayir o`rmonlari ko`plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O`zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo`lgan 400 o`simliklarning 163 turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o`simliklar. Yo`qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko`payishi xavf ostidadir. Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Hayvonlarni tabiatdagi o'rni. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir. Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi. O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi. O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi. Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi. Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi. Download 54.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling