Tabiatda uchraydigan har XIL ekologik piramidalar Trofik piramidada 10% lik qoida
Download 489.72 Kb.
|
ekologik piramidalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtotroflar va geterotroflar Organizmlar ikki usuldan biri bilan oziqlanadi. Avtotroflar
- Ozuqa zanjirlari va ozuqa toʻrlari
Trofik darajalar. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Avtotroflar va geterotroflar Organizmlar ikki usuldan biri bilan oziqlanadi. Avtotroflar (yoki produtsentlar) yorugʻlik yoki kimyoviy energiya yordamida oʻzlariga ozuqa hosil qiladi. Oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim bakteriyalar avtotroflarga misol boʻladi. Geterotroflar (yoki konsumerlar) organik moddalarni boshqa organizmlar yoki ularning mahsulotlaridan oladi. Hayvonlar, zamburugʻlar va aksariyat bakteriyalar geterotroflardir. Redutsentlar deb ataluvchi ixtisoslashgan geterotroflar oʻlik organik moddalar va chiqindilarni parchalaydi.Ozuqa zanjirlari va ozuqa toʻrlari Produtsentlar yorugʻlik yoki kimyoviy energiyani oʻzlashtiradi, ular ozuqa zanjiri yoki toʻrlarining asosini tashkil qilib, qolgan barcha organizmlarni taʼminlaydi. Konsumerlar turli ekologik rollarni bajarishi mumkin, masalan, oʻtxoʻr hasharotlar, yirtqich hayvonlar va redutsent zamburugʻlar. Ekologiyada ozuqa zanjiri deb bir-birini isteʼmol qiladigan organizmlar qatoriga aytiladi. Bu misolda eng quyi trofik daraja, yaʼni I daraja yashil suvoʻt produtsent, birinchi tartib konsument esa mollyuskalar yoki shilliqqurtlar, ikkinchi tartib konsument esa “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi mayda baliq, uchinchi tartib va eng yuqori konsument esa Chinuk losos baligʻi hisoblanadi. Yuqoridagi har bir kategoriya trofik daraja deb atalib, organizmning dastlabki energiya manbasi, masalan, yorugʻlikdan qay darajada uzoqdaligini koʻrsatadi. Lekin koʻp ekosistemalarda energiya oqimi oddiy zanjirdan ancha murakkabroq. Ushbu holatda trofik darajalar orasidagi aloqalarni ozuqa toʻri orqali ifodalash mumkin. Produtsetlardan (plankton) tortib uchlamchi konsumerlardan (dengiz mushugi, pingvinlar, chagʻalaylar) iborat koʻplab trofik darajali suv ozuqa toʻri. Download 489.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling