Fermentlami amaliy asosda o'rganish XVIII va XIX asrlardan boshlandi. Bu sohada nemis kimyogari Yu. Libix, mikrobiologiya faniga asos solgan fransuz olimi L. Pasterlar achish jarayonini tirik organizmdagi maxsus kimyoviy moddalar (fermentlar) bilan bog'laganlar.

Fermentlar haqidagi ta’limotning keyingi rivojlanishi fizika va kolloid kimyo fanlari erishgan yutuqlar bilan bog'liq.
Amaliy enzimologiya fanining yutuqlari asosida hozirgi kunda 2000 dan ortiq fermentlar toza holda ajratib olingan. Fermentlar va noorganik katalizatorlar umumiy kataliz qoidalari asosida faoliyat ko'rsatib, ular o'rtasida o'xshash xususiyatlar bor:
Energetik imkoniyati bor reaksiyalarni kataliz qiladilar;
Reaksiya yo'nalishini o'zgartirmaydilar;
Reaksiya jarayonida miqdoriy o'zgarish kuzatilmaydi;
Reaksiya mahsulotiariga ta'sir qilmaydilar.
Fermentlar bir necha xususiyatlari orqali noorganik katalizatorlardan farq qiladilar:
Fermentlarning noorganik katalizatorlardan asosiy farqi, ular kimyoviy tarkibi bo'yicha oqsillardir.
• Fermentlar "yumshoq" sharoitda (past harorat, normal bosim, ma’lum pH qiymatiga ega bo'lgan muhit) eng yuqori faollikka ega bo'ladi.
Fermentning yagona molekulasi bir minutda substratning bir mingdan bir milliongacha bo'lgan molekulaslni katalizlaydi. Bunday reaksiya tezligi noorganik katalizlarda kuzatilmaydi.
Har bir ferment faqat aniq bir reaksiyaning yoki moddaning hosil bo'lishi yoki parchalanishini katalizlaydi.
Har bir ferment faqat aniq bir reaksiyaning yoki moddaning hosil bo'lishi yoki parchalanishini katalizlaydi.
Fermentlarning reaksiya faolligi boshqarilishi mumkin, noorganik katalizatorlarda bu amaliyotni bajarish mumkin emas.
Fermentlar termolabil bo'lib, kislota va ishqorlar ta'sirida tez faolligini yo'qotadi. Fermentlarning eng faol nuqtalari 40-50° С atrofida bo'ladi.
Fermentlarning faolligiga aktivator va ingibitorlar ta’sir qiladi.
Fermentativ reaksiyalar, ularning ketma-ketligi muayyan vaqt va makonda genetik tizim orqali rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |