Tabiatshunoslik darslarida o’quv vositalari, multimedia, tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi


Download 383.41 Kb.
bet8/10
Sana19.04.2023
Hajmi383.41 Kb.
#1365985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tabiatshunoslik

Darslik darsda o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta’minlovchi muhim vositadir. Tabiatshunoslik darsliklari ham ta’lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular O'zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga olgarn holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo'yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo O'zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo'ladi. Shunga ko'ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga bag'ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi.

Model ko'rgazmali qurol sifatida

Model ko'rgazmali qurol sifatida

Tabiatshunoslik darslarida modellar ko'rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo'llaniladi. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi. ularga o'xshash hajmli tasvirdir. Modellaming idrokiy ahamiyati g'oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o'rganilayotgan narsa to'g'risida fazoviy tasavvur beradi. Tabiatshunoslik bo'yicha dastur materiali o'zlashtirib olinishi uchun zarur bo'lgan modellarni ikki guruhga ajratish mumkin Birinchi guruhga Yer yuzasi shakllarining: tog‘, tepalik, daryo vodiylari, daryo va uning irmoqlari, o'pirilish, jarlaming geografik modellari kiradi. Bu modellar, agar tasviri ifodalangan predmet ekskursiyada o‘rganilgan bo'lsa, alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga har xil qurilma va inshootlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilaming modellari kiradi.

Tabiatshunoslik bo'yicha mashg‘ulotlarda qumdan, plastilindan yoki loydan yasalgan modellar qo'llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy tasawurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda ko‘rsatish mumkin bo'lmagan taqdirda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy inshootlar to‘g‘risidagi tasawurlami mustahkamlash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Modellashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinf yoki geografiya maydonchasidagi tabiatshunoslik va mehnat darslarida o'tkazish mumkin. Modellashtirishdan ilgari o'zlashtirilganlarni mustahkamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlarni mustahkamlash uchun foydalanish


Download 383.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling