Tabiatshunoslik òqitish metodikasi mustaqil ishi


ZOOGEOGRAFIYA, hayvonlar geografiyasi — hayvonlarning hoz. davrda va oʻtmishda Yer yuzida tarqalishi, taqsimlanishini oʻrganadigan


Download 306.53 Kb.
bet7/14
Sana20.12.2022
Hajmi306.53 Kb.
#1039967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
REFERAT

ZOOGEOGRAFIYA, hayvonlar geografiyasi — hayvonlarning hoz. davrda va oʻtmishda Yer yuzida tarqalishi, taqsimlanishini oʻrganadigan biogeografiya fanlaridan biri. 3. hayvonlar tarqalishi va taqsimlanishi, ular taksonomik va ekologik guruxlarining Yer yuzida joylanishining zamonaviy va tarixiy sabablari hamda qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 3. ayni vaqgda biol. hamda geogr. fanlari qatoriga kiradi. Tekshirish obyektiga koʻra, 3. biol. ning sistematika, paleontologiya, ekologiya, oʻsimliklar geografiyasi va b. fanlari, tabiiy geogr. ning paleogeografiya, landshaftshunoslik, tarixiy geol. fanlari hamda tarix, arxeologiya, etnografiya kabi baʼzi ijtimoiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan. 3. ga qiziqish Ch. Darvinnmng «Turlarning paydo boʻlishi» (1859) asari yaratilganidan keyin kuchaydi. Darvin asarining 12 – va 13-boblari organizmlarning Yer yuzida tarqalishiga bagʻishlangan. 3. ning rivojlanishida ingliz tabiiyotshunosi F. Skleteraning ishlari (1858) diqqatga sazovordir. U qushlarning tarqalishini batafsil tadqiq qilish asosida Yer yuzida tarixiy taraqqiyot davomida tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladigan, oʻz tarixiga va oʻziga xos faunistik kompleksiga ega boʻlgan hayvonlarning hududiy kompleksi shakllanganligini koʻrsatib berdi. Bunday komplekslar keyinroq zoogeografik oblastlar deb ataladigan boʻldi. 3. dagi tarixiy yoʻnalishni ingliz olimi A. G. Uolles boshlab bergan. Uning «Hayvonlarning geografik tarqalishi» (1876) asari evolyutsion Zoogeografiyaga asos solgan asar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda hayvonlarning tarqalishini oʻrganish sohasidagi tadqiqotlar bundan bir necha yuz yil ilgari boshlangan. Bu borada Yevropa va Osiyoning turli mintaqalariga sayohat qilgan rus tabiiyotshunoslari S. P. Krasheninnikov, aka-uka I. G. va S. G. Gmelinlar, P. S. Pallas va I. I. Lepexinning xizmatlari katta boʻldi. 19-a. ga kelib K. M. Ber, A. F. Middendorf, E. A. Eversman, Yu. I. Semashko, A. P. Semenov — Tyan-Shanskiy va b. tomo-nidan 3. ga oid juda koʻp materiallar yigʻildi va umumlashtirildi. Suv fau-nasini oʻrganish boʻyicha L. S. Berg, N. M. Deryugin, N. M. Knipovich, L. A. Zenkevich va b. yirik tadqiqotlar olib borishdi.

Download 306.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling