Hoz. Turkiston oʻlkasi hayvonlarining geografik tarqalishini urganish ishlarini N. A. Seversov boshlab bergan. Bu sohada D. N. Kashkarovning xizmatlari ham katta boʻldi. Oʻrta Osiyo hududi hayvonlarini urganish va zoogeografik r-nlashtirishda M. A. Menzbir, N. A. Zarudniy, P. A. Kuznetsov, A. P. Kuzyakin, S. A. Chernov, T. 3. Zohidov, R. N. Meklenbursev, O. N. Bogdanov va b. ham qatnashdi.
Zoogeografiyaning asosiy metodlaridan biri zoologik xaritalarni tuzish, yaʼni geo-grafik xarita orqali ayrim turlar va butun bir faunistik kompleksning arealini va ularning geografik muhit bilan aloqasini koʻrsatib berishdan iborat. Areal eng asosiy zoogeografik tushuncha boʻlib, zoogeografik tadqiqotlarning bosh obyekti hisoblanadi. Biror mamlakat yoki fizik-geografik hudud (orol, togʻ, choʻl yoki suv ekosis-temasi) faunasi turlarining tarkibi va ularning tarqalishini; ekologik jamoalar (biogeotsenozlar)ning tarkibi, ularning Yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini urganish ham 3. ning vazifasiga kiradi. Zamonaviy 3. rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: a) ayrim turlar va taksonlar arealini urganish; ular areali chegarasini va tarkibini, yoʻqolib borayotgan, noyob va xoʻjalik jihatdan qimmatli turlar tarkibi, ular sonining oʻzgarishi sabablari va qonuniyatlarini aniqlash; b) alohida maydonlarda hayvonlarning birga yashovchi guruxlarining shakllanishi, ularning tarkibi va hayot kechirishi xususiyatlarini oʻrganish; v) faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishi, ularning shakllanishi yullari dinamikasi va tarkibining oʻzgarib turishi sabablari, ularga inson faoliyati taʼsirini aniqlash; g) tabiat tarkibiy qismlarining hayvonlarning tarqalishiga, ayrim turlar va faunistik komplekslarning mos-lanish xususiyatiga yoki aksincha hayvonlarning landshaftga taʼsirini oʻrganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |