Tabiatshunoslikda o’qitishning didaktik tamoyillari o’rganish va tahlil qilish reja


Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari


Download 56.01 Kb.
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi56.01 Kb.
#1362194
1   2   3   4   5
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIKDA O’QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI O’RGANISH VA (2)

7.5. Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari.
Ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilimlarini tarkib toptirib, ko'nikmalarni shakllantirib, umumiy rivojlanishi ta'minlanadi.
Yuqoridagi funksiyalar har bir fanning mazmuni, harakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bu funksiyalarni har qanday mutaxassislar bilishlari va amalda tadbiq etishlari darkor. Bu funksiyalar ta'limda o'zaro uzviy bog'liqlikda amalga oshiriladi.Buni quyidagi ko'rinishda tasavvur qilish mumkin:
Ta'lim + tarbiya= rivojlantirish.
Ta'limning o'sib boruvchi funksiyasi.
Ta'lim va tarbiya jarayonlari inson shaxsini o'stiradi. Shunday ekan pedagogikada ta'limning o'sib borishi to'g'risida gapirimaslik mumkin emas. Hayot shu narsani isbot qilyaptiki, ta'lim jarayonining maxsus o'sib boruvchi yo'nalishi samarali bo'lgandagina o'quvchilar faoliyatining hissiy idrok, harakat, intelektual, irodaviy, emosional motivlari sifatlarining rivojlanishi mumkin. Shu sabablarga ko'ra pedagogikada 1960 yillarda maxsus ta'limning o'sib boruvchi funksiyasi degan termen paydo bo'ldi.
Ta'lim jarayoning o'sib borishni alohida ta'kidlab ko'rsatish kerak.Bunda o'quvchilarning o'qish faoliyatlariga ta'limning o'sib boruvchi ijodiy elementlarini kiritish bilan ta'lim mazmuni va metodlarini kengaytirib borishimiz talab etiladi.
O'sib boruvchi ta'limning turli muammolarini taraqqiy ettirishda, uning turli - tuman prinsiplarini va vositalarini rivojlantirishda didaktlar L.V.Zankov, N.A.Menchinskaya, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, M.A. Danilov, M.N.Skatkin munosib hissa qo'shdilar. Inson kamoloti taffakursiz bo'lmaydi. Yuqorida biz ko'rib o'tganimizdek inson shaxsining hamma tomonlarini qamrab olmog'i kerak. Shuning uchun ham hozirgi zamon didaktikasi ta'limning o'sib boruvchi funksiyasini takomillashtirish yo'llarini qidirmoqda. Bular hammasi ta'lim va tarbiyaning hal etilishiga bog'liq. Ilmiy axborot oqimining shiddat bilan o'sib borayotganligi shunga olib kelmoqdaki, yil sayin ilmiy bilimlarning umumiy miqdori bilan ularning maktab yoki oliy o'quv yurtida o'zlashtirilayotgan qismi o'rtasidagi farq ortib bormoqda. Birorta ham o'quv yurti kishiga uning ishlashi uchun zarur bo'ladigan bilimlarning hatto kichik bo'lagini ham berishga qodir emas. Hayotning jo'shqin sur'atidan orqada qolmaslik uchun umr bo'yi o'sish, o'sib - o'rganish, o'z bilimlarini to'ldirib borish zarur. Ikkinchi vazifa ta'limning harakterini qayta qurish bilan bog'langan. Tahlilni ta'limni intensivlashtirish muammosidan boshlaymiz. L.V.Zankov ancha mashhur yangi didaktika ta'lim tizimini (kichik maktab yoshdagi o'quvchilar uchun) ishlab chiqgan. Bu tizimiga quyidagi prinsiplar asos qilib olingan: 1. Ta'limni yuqori darajadagi qiyinchilik asosida (qiyinchilik mezoniga qat'iy rioya qilgan holda) qurish. Faqat ana shunday ta'lim, deb ko'rsatib o'tadi L.V.Zankov, jiddiy aqliy ish olib borish uchun oziq berishi hamda o'quvchilarning tez va ildam tez ravishda rivojlanishiga ko'maklashuvi mumkin; 2. Materialni tez sur'at bilan o'tish (yana aqlga to'g'ri keladigan chegarada); ta'limning bilishga ta'lluqli tomonining, nazariy bilimlarning salmog'ini keskin tarzda oshirish. Materialni egallashga olib boradigan yo'l olingan ma'lumotlarni uzviy o'zaro bog'liq holda, o'qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob izlash, o'z - o'zini nazorat qilish, o'z - o'zini tekshirish yordamida chuqur anglab olishdir. Ko'rsatib o'tilgan prinsiplarga muvofiq ravishda tashkil etilgan ekspremental ta'lim shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar ancha chuqur va mazmunli bilim olibgina qolmay, balki ularning aqliy aktivligi ortadi, yuqori darajadagi intelektual rivojlanishi ta'minlanadi, o'qishga ijobiy munosabati tarbiyalanadi.
O`quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo`lish bilan uyg`unlashishi kerak. Bunga uni o`quvchilarning akliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida o`qishga qiziqish uyg`otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog`langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham zarur.
O`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg`ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalari va malakalari hosil bo`ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash o`quvchilarni ama¬liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o`zlashtirish sifatini ko`taradi. Bu qoida mehnat ta`limi va o`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O`qitishda nazariya bilan amaliyotning bog`lanish xarakteri o`quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o`quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o`zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o`quvchilarni nazariyani o`zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusida (3-sinf) uni o`rganish bo`yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta`sirini aniqlash uchun urug`lar ekish), keyin esa mavzuni o`rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma`qul bo`ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo`jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G`o`za», «Poliz ekinlari», «G`alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo`yicha amaliy ishlar o`tkazilishi yordam berishi mumkin.
O`quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o`simliklarni ekish va ko`paytirish), shuningdek o`simliklarning suvga, issiqlikka, yorug`likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o`stirish misolida — 2-sinf), gul manzarali o`simliklarining o`sishi va rivojlanishiga organik va mineral o`g`itlarning ta`sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko`chirib o`tqazilishining ta`sirini aniqlash bo`yicha tajribalar (4-sinf) o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan o`quv-tajriba uchastkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog`lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o`quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o`zlashtirib olishga bo`lgan intilishlarini bo`shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob`ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog`i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O`rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg`ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o`quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo`lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko`nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to`ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini tabiatga doir bilimlarni o’zlashtirishda didaktik tamoyillarning o’rni salmoqli. Zero, didaktik tamoyillarning ahamiyati shundaki, u o’qituvchiga boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatdagi tirik mavjudotlar, jonsiz tabiat unsunlari bilan aloqalari, tabiatdagi mavzumiy o’zgarishlar fasllar bilan bog’liq holda kishilarning mehnat faoliyatini kuzatish, amaliy ishlarni bajarilishiga bo’lgan o’quv va ko’nikmalarni shakllanishini rejali, aniq va tartibli amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari tabiat hodisalarini ilmiy asosida tushunishda, tabiiy hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlilikni, tabiat boyliklaridan odamning foydalanish yo’llari izchil ko’rsatib beriladi.
Tabiatshunoslik kursining mazmuni tushunchalar mohiyatini ochishda muntazamlilik va izchillikka buysunadi, o’quv materiallari ma’lum izchillik asosida joylashtirilgan. Bolalar avvalo jonsiz tabiat va uning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunish uchun muayyam bilimlar to’playdilar.

Bu esa dasturda aniq belgilab berilgan. Masalan: 3 sinfda o’quvchilarda dala va bog’larning o’simlik va hayvonlari haqida tushunchalar shakllantirilsa, 4-sinfda esa “O’lkamiz tabiati” mavzusiga oid tushunchalar to’ldiriladi va kengaytiriladi. Muntazamlilik asosida amaliy ishlar ham turli shakllarda amalga oshiriladi. Hususan, tabiatni ko’zatish, qiziqarli o’yinlar tabiatga sayohatlar, maktab oldi maydondagi ishlar va mehnat bilan bog’lanishi ham ko’zda tutiladi.


Kursning izchilligi esa bolalarning yosh xususiyatlari, tayyorgarlik va rivojlanish darajasiga qarab o’quv materialning tushunarli bo’lishi belgilanadi. Xususan, kurs jonsiz tabiatdagi, o’simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlari /1-2 sinflar/; jonajon o’lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligi ekalogiya /3-sinf/ vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni /4-sinf/ ifodalovchi materiallarni izchillik asosida o’rganish ko’zda tutilgan. Bu mavzular biologiyaning keyingi bo’limlari o’quv predmetlari bo’yicha oddiy ma’lumotlarni beradi.
O’quv materiallarining ilmiylik va tushunarli bo’lish tamoyili ilmiylikka asoslanadi. Tabiatshunoslik kursi 60 yillardan boshlab mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitila boshlanadi. Hozirgi paytda esa zamonaaiy fan tarraqqiyoti darajasiga mos keladi. Dastur mazmuni ham o’lkashunoslik xususiyatlarini o’z ichiga oladi, tabiatshunoslik ta’limining mazmuni ham biologiya kurslarining hozirgi taraqqiyotiga mos keltirilgan.
SHu maqsadda o’quvchilar ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olishlari uchun ularni idrok qilish imkoniyatlarini hisobga olib, eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning ijodiy o’zlashtirish imkoniyatlari jismoniy ko’chi va aqliy kuchlanishlar qiluvchi o’quv materiallari va ilmiy ishlarni murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. O’quv materialini o’zlashtirishda muammoli vaziyatni yaratilishi, ya’ni qiyinchilik tug’ilishi bolalarning idrok qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. O’quv materialini murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilar aqliy taraqqiyotini ko’tarilishi va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olishiga imkoniyat yaratadi.

O’quv materialining ilmiyligi dunyoviy bilimlar bilan belgilanib, murakkab jarayonlarni o’z ichiga olishi bilan birga qiziquvchilar uchun tushunarli holda bayon etilishini talab etadi. Har ikkisi uyg’unlanishi tayyorgarlik. Bu jarayonni o’quvchilarning aqliy va ruhy rivojlanishga tayyorgarlik darajasiga moslashtirilishi lozim. Tabiatshunoslik o’quv materiallari mazmuni tushunarli kichik yoshdagi o’quvchilarda bilimga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi. Shu bilan birga bolaning mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va yakuniy xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga da’vat etadi.


Ayrim o’quv mavzulari ancha murakkabdir. Ammo ularning tushunarli bo’lishini ko’zlab, uning ilmiyligi va sistemasini buzish mumkin emas. Zero, biror bo’limdagi mazmuni bayon etilmagan qismlari, keyingi bo’limlarni o’rganishda sezilib qoladi. Buning uchun murakkab mavzularni o’quvchilarning tushunishlari uchun tegishli metod va uslublarini topib qo’llash lozim.
Bu borada barcha munozarali masalalar ekspremental metodik va psixologik tadqiqotlar yordamida oydinlashtiriladi. Bu tadqiqotlar o’quvchilar bilimlari haqida ob’ektiv ma’lumotlar beradi yo bolalar bilimlari past bo’lishi sabablarini yoki o’zlashtirishning optimal darajada asosiy turlaridan biri bu nazariyani amaliyot bilan bog’lash qoidasidir. Bu tamoyilning asosiy mohiyati o’quvchilarning yo’nalishidagi masalalarini hal qilishda nazariyani ahamiyatini tushunishlarini ta’minlaydi va bilimlarini o’zlashtirishni sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limini va o’quvchilarni amaliy faoliyatiga tayyorlash vazifasini hal qilishda salmoqli ahamiyatni kasb etadi.
Nazariy bilimlar bolalarning tabiat hodisalarini amaliyotda tanishtirish jarayonida puxta o’zlashtiriladi. Bu paytda nazariy bilimlar bilan bolalar oldinroq tanishtiriladi. Masalan “Tabiatda bahor” III sinf mavzusi bo’yicha amaliy ishlar ekin ekish bilan bog’liq bo’ladi. Ildiz mevalarning hosligiga ekinlar zichligi ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekishni, keyinchalik mavzuni o’rganish jarayonida amaliy ish natijalarini tahlil qilinadi.

Nazariy bilimlar bilan 3-sinfda tut ipak qurti hayotini ko’zatish jarayonida shu kabi, “G’uza”, “Poliz ekinlari”, “Donli ekinlar”, “Sezgi organlari”, “Yurak va qon” mavzularini o’rganish jarayonida bog’lanadi va bolalar bilimlari mustahkamlanadi.


Tirik tabiat burchagida esa amaliy ishlar quyidagi jarayonlarda o’tkaziladi. O’simliklarni ekish va ko’paytirish, ularni parvarishlash so’g’orish, issiqlika, yorug’lika ehtiyojini o’rganish, oziqlantirish gul-manzarali o’simliklarni o’stirish mobaynida o’quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq etib, o’z qo’llari bilan bajaradilar.
O’quvchilar o’quv tajriba maydonchasida belgilangan vaqtlarda o’simliklar ustida tajriba ishlari o’tkazadilar. Tajribalar to’plamidagi mavzularda bo’lishi mumkin. Manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga organik va meniral ug’itlarni ta’siri /3-sinf/, “Pomidorning pishib yetilishi va hosildorligiga bochkalarni ko’chirib o’tkazishning ta’siri”, /4-sinf/ “Ildiz mevali o’simliklar zichligini uning hosildorligiga ta’siri”, “Urug’larni ekish muddatini ularning gullash muddatiga ta’siri” mavzulardagi tajriba ishlari o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lanishi uchun zaruriy sharoit yaratadi.
Nazariy amaliyot bilan bog’lanish jarayonida shuni esda tutish kerakki amaliy ishlari uchun shunday ob’ekt va tajribalarini tanlash kerakki, ular ilgari o’raganilmagan nazariy qoidalari tasdiqlansin va bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilsin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 3-sinf. T., 2003.


2. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 4-sinf. T., 2003.
3. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. T., 1992.
4. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (1-sinf darsligi). T., 2006.
5. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (2-sinf darsligi). T., 2005.
6. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (3-sinf darsligi). T., 2005.
7. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (4-sinf darsligi). T., 2003.
8. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi. T., 2005.
9. http://ziyonet.uz
Download 56.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling