Tabiiy boyliklar
Download 1.7 Mb.
|
2-sinf tabiiy fan tabiiy boyliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KITOB 2022-2023-O’QUV YILI MAVZU: TABIIY BOYLIKLAR. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad
- Tarbiyaviy maqsad
- Fanga oid umumiy kompetensiyalar
- DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
- Dars shiori
- Dars turi
- Islom Karimov “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Kitob tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-IDUMning boshlang’ich sinf o’qituvchisi MIRZAYEVA SABOHATning 2-sinflar uchun tabiiy fandan “TABIIY BOYLIKLAR” mavzusida tayyorlagan bir soatlik KITOB 2022-2023-O’QUV YILI MAVZU: TABIIY BOYLIKLAR. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga tabiiy boyliklarga kiruvchi yerosti va yer yuzasi boyliklari, foydali qazilmalar haqida tushuncha berish va olgan bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatni sevishga, tabiiy boyliklarni asrab avaylashga va ularni muhofaza qilishga o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning yangi mavzudan olgan bilim va malakalarini hayotga tatbiq etishni rivojlantirish. Fanga oid umumiy kompetensiyalar O’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini oshirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. O’zbekiston tabiiy boyliklari haqida bilib oladilar. DARSNING REJASI:
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI:
Dars shiori: Tabiiy boyliklarni asrash – barchaning burchi Maqsadimiz: A’lo o’qib Vatanga munosib farzand bo’lish. Darsning borishi: Tashkiliy qism: A) salomlashish; B) davomadni aniqlash; D) sinf tozaligini kuzatish. Dars turi: Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi. Dars uslubi: Noan’anaviy, Aqliy hujum, “Klaster”, “Kungaboqar”, “Eng, eng, eng” o’yinlari. Dars jihozi: Slayd, mavzuga oid rasmlar, 2-sinf tabiiy fan darsligi. O’qituvchi: Aziz bolajonlar, hozir darsimiz qaysi dars? O’quvchi: Hozir darsimiz tabiiy fan darsi. O’qituvchi: Bolajonlar, siz yangi fan tabiiy fan orqali nimalarni o’rgandingiz va nimalarni o’rganmoqdasiz? O’quvchi: Endi bizda ham ilg’or mamlakatlar kabi yangi fan o’qitilyapti. O’quvchi: Kimyo, fizika, biologiya, geografiya, astronomiya fanlarini o’zaro bog’liqlikda o’rganamiz va bu bizlarga atrof olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini shakllantiradi. O’quvchi: Olamni bir butunlikda tasavvur etamiz. O’qituvchi: Mustaqilligizni 31 yilligini qaysi shior ostida nishonladik? O’quvchi: Mustaqillikning 31 yilligini “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonladik. O’qituvchi: O’quvchilar yaqinda biz qaysi buyuk allomalarning tavallud ayyomlarini nishonladik? O’quvchi: Yaqinda biz buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy va shoh va shoir Z.M.Boburning tavallud ayyomlarini nishonladik. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir”. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Shoir , adolatli podshoh hamda tabiat shaydosi bo’lgan. U Hindistonda podshohlik qilgan davrida tabiatni asrash, ardoqlash maqsadida bog’lar yaratadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling