Tabiiy boyliklar


III. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash


Download 1.7 Mb.
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1205465
1   2   3
Bog'liq
2-sinf tabiiy fan tabiiy boyliklar

III. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash:
O’qituvchi: O’quvchilar biz o’tgan darsda qanday mavzuni o’rgangan edik, qanday uyga vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Biz o’tgan darsda ob-havo bobi yuzasidan savol va topshiriqlarni o’rgangan edik.
O’qituvchi: Nima sababdan havo harorati o’zgaradi?
O’quvchi: Havo haroratining o’zgarishiga quyosh nuri, shamol va yog’inlar ta’sir etadi. Termometr yordamida harorat o’lchanadi.
O’quvchi: Tana haroratini o’lchashda tana termometridan foydalanamiz.
Tana harorati turli usullar bilan tekshiriladi.
Og’iz ichida: qo’ltiq ostida: peshonada: quloq ichida.
O’qituvchi: Biz ko’proq haroratni qo’ltiq ostida o’lchaymiz. Bu qanday bajariladi?
O’quvchi: O’lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak, ko’rsatkich 35 darajadan pastroqda bo’lsin. Agar termometr elektron bo’lsa uni yoqamiz. Qo’ltiq osti quruq bo’lishi kerak. Qo’lni badanga yopishtirib turiladi. Termometrda tana haroratini o’lchash uchun 5 minut vaqt kerak bo’ladi.
O’qituvchi: Yer yuzidagi issiq joylar haqida kim gapirib beradi?
O’quvchi: Yer yuzidagi issiq joylar yil davomida quyoshdan eng ko’p yorug’lik va issiqlik oladi.
Yer yuzida eng yuqori harorat 1922-yilda Afrikada qayd etilgan. Afrikaning yog’in kam yog’adigan, havo harorati yuqori bo’lgan joylarida cho’llar vujudga kelgan. Ulardan eng kattasi Sahroyi Kabir cho’lidir. U “Katta cho’l” degan ma’noni bildiradi.
O’qituvchi: Yer yuzida sovuq hukmronlik qiladigan joylar ham bormi?
O’quvchi: Yer yuzidagi doimiy sovuq joylardan biri – Arktika, U asosan suzib yuruvchi muzlar – aysberglar bilan qoplanadi.
O’quvchi: Yer yuzidagi eng sovuq joy – Antarktida. U yerda yil davomida sovuq havo va izg’irin shamol hukmron.
O’qituvchi: Klaster usulda issiq va sovuq joylardagi hayvonlar doskaga bajariladi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling