Tabiiy boyliklar


Download 1.7 Mb.
bet3/3
Sana17.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1205465
1   2   3
Bog'liq
2-sinf tabiiy fan tabiiy boyliklar

IV. Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz 8-bob Tabiiy boyliklar bo’limidan 27-mavzu “Tabiiy boyliklar”.
O’qituvchi: Inson tabiatdan olib foydalanadigan barcha boyliklar tabiiy boyliklardir.
Inson yashashi uchun zarur hamma narsani taiatdan oladi. Suv barcha tirik organizmlar, o’simliklar, hayvonlar va barcha odamlar uchun hayot manbai. Kislorodsiz esa inson nafas ololmaydi. Yer ostida oltin, kumush, tabiiy gaz, neft singari tabiiy boyliklar mavjud. Ulardan qazib olinib, foydalaniladi. Bunday boyliklar foydali qazilmalardir.
1) Tugaydigan boyliklar: Yer osti boyliklari, tog’ jinslari, minerallar.
2) Tugamaydigan boyliklar: Quyosh nuri, suv, yerning ichki issiqligi, havo.
3) Tugab qayta tiklanadigan boyliklar: o’simliklar, hayvonlar, tuproq.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash:
O’qituvchi: Inson tabiat boyliklaridan qanday maqsadlarda foydalanadi?
O’qituvchi: Qaysi foydali qazilmadan ko’proq foydalanamiz?
O’quvchi: tabiiy gaz, osh tuzi, neftdan ko’proq foydalanamiz.
O’qituvchi: Tabiiy boyliklarga zarar yetkazmaslik uchun nima qilish kerak?
O’quvchi: Suvni isrof qilmaslik, behuda ishlatmaslik, havoni ifloslantirmaslik, o’rmon, hayvon, o’simliklarni muhofaza qilish, foydali qazilmalardan unumli foydalanish kerak.
VI. O’quvchilarni bilimini baholash.
Dars davomida yaxshi ishtirok etgan o’quvchilarni ”Eng, eng, eng” o’yini orqali baholash va rag’batlantirish.
Eng faol o’quvchi”, ”Eng izlanuvchan o’quvchi”, ”Eng harakatchan o’quvchi”, ”Eng bilimdon o’quvchi”, ”Eng tarbiyali o’quvchi”.
VII. Uyga vazifa berish.
Mavzuni o’qib, o’rganib kelish. Tabiiy boyliklar rasmini chizib kelish.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR:


1. 2 –sinf Tabiiy fan darsligi
2. 2 – sinf Tabiiy fan o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma.
3. O’z tajribamdan.
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling